Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 
 
 


234 
Rasmiy uslub
 
505-mashq. Berilgan matnlarni o‘qing. Rasmiy uslubga xos leksik va gram-
matik xususiyatlarni izohlang. 
1. 9-modda. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari 
xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) 
qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
10-modda. O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika 
Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, 
ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib 
borishi mumkin emas. 
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
bo‘linishiga asoslanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan) 
2. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, 
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot 
qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi 
2
Ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining 
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli takliflarni 
tayyorlash maqsadida:
1. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, 
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot 
qilish bo‘yicha kompleks choratadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yi-
cha ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tarkibi ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin. 
2. Ishchi guruh (A.Aripov)ga bir oy muddatda soha mutaxassislari 
va ekspertlarini keng jalb qilgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni ino-
batga olib, quyidagi masalalarni atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil 
qilish asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirilsin: 
aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual 
saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rga-
nish, shu jumladan, ijtimoiy so‘rovlar orqali aniqlash, nashriyotlar 
tomonidan chiqariladigan badiiy, ma’rifiy, yoshlarning dunyoqarashini 
kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan, elektron shaklda) 
umumiy buyurtma ro‘yxatini shakllantirish tizimining holati; 
2
Farmoyish qisqartirib olindi. 


235 
kitoblarni chop etish hamda aholiga yetkazib berishni o‘z ichiga 
olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara 
namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarla-
rini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili; 
noshirlar va adiblarni moliyaviy rag‘batlantirish, bolalar adabiyo-
tiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish va mod-
diy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, matbaa korxonalari va 
nashriyotlarga kitob ishlab chiqarish uchun sifatli qog‘oz va matbaa 
xomashyolarini chetdan xarid qilish tartibini takomillashtirish. 
3. Ishchi guruh (A. Aripov) ikki oy muddatda mutasaddi vazirliklar, 
idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kitob mahsulotlarini 
chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, matbuot va axborot 
hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini 
yurituvchi vakolatli davlat organini belgilash, moliyaviy qo‘llab-quv-
vatlash mexanizmini rivojlantirishni inobatga olgan holda tegishli kom-
pleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kirit-
sin.
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri A. N. Aripov zimmasiga yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 
Toshkent shahri, 
2017-yil 12-yanvar 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling