Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 513-mashq.
511-mashq. Nuqtalar o‘rniga fikrni eng aniq ifodalaydigan so‘zlarni qo‘yib yozing. Tanlovingizni asoslab bering. 1. Komiljon xotiniga mehr bilan uzoq... (tikilib, termilib, qarab, o‘qrayib) turdi. (S. Zunnunova) 2. Abdug‘afur ota hamsuhbatini birin- chi marta ko‘rayotgandek, unga qattiq… (termildi, qaradi, tikildi, o‘q- raydi). (“Sharq yulduzi” jurnalidan) 3. Konkursda yosh tadqiqot- chilarning diqqati fan va texnikaning eng (zarur, asosiy, muhim, katta) yo‘nalishlariga qaratilgani namoyon bo‘ldi. («Fan va turmush» jurna- lidan) 4. Xudoyi taolo (kishini, odamni, insonni) hamma jonivorlardan aziz-u mukarram etib yaratdi. (Mirmuhsin) 5. Olma to‘p etib yerga … (yiqildi, tushdi, quladi). 6. Ko‘chada gursillab devorlar… (tushadi, yiqiladi, qulaydi), sharaqlab daraxtlar (tushadi, yiqiladi, qulaydi). (A. Qahhor) 7. Hozir institutga … (ketaman, boraman). 8. Do‘stlaring- ning soni bilan emas, sodiqligi bilan … (g‘ururlan, faxrlan, mag‘rur- lan). (Shuhrat) 9. Ergash dunyoda shunday ajoyib narsaning borligini 239 Xolmuroddan ko‘ra yaxshiroq bilganidan … (faxrlanayotgani, g‘urur- lanayotgani, mag‘rurlanayotgani) ko‘rinar edi. (P. Tursun) 10. … (shirin, chuchuk) suvni sog‘inish tuyg‘usi hali menga tanish emas, lekin shu daqiqadan uni men seza boshladim. (A.Muxtor) 11. Ba’zan jon boshiga bazo‘r yarim stakandan tegadigan … (ichimlik, ichimli, ich- kilik) suvni gul tagiga quyishar edi. (T. Rustamov) 512-mashq. Leksik birikuvchanlikning buzilishiga olib kelgan so‘zlarni ko‘rsating. Nutqiy xatolarni tuzating. 1. Nodir pol qoqish uchun yo‘gon taxta sotib oldi. 2. Qo‘ylar galasi yaylovga yoyilib ketdi. 3. Qadimgi Buxoro o‘zining betakror madaniy obidalari bilan mashhur. 4. Bu avtobus markaziy dorixonaga ketadimi? 5. Sen meni to‘g‘ri yashashga bermayapsan. 6. Yaxshi ishlasak, turmu- shimiz obod bo‘ladi. 6. Shipdagi qandil yumshoq yog‘du taratardi. 7. Insonning qimmati uning xulqi va mehnati bilan o‘lchanadi. 8. Dot- sent Fayzulla Qosimov matematika o‘qitish metodikasidan uslubiy qo‘llanma chiqardi. 9. Axloqsizlik XX asrning ulug‘ fojiasidir. 10. Bu vaqtda 30-40 daqiqadan ortiq yurmang, 3 kg dan ortiq buyumlarni ko‘tarmang. 11. Kam-kamdan tez-tez ovqat qabul qilish kerak. 12. Bu holda og‘riyotgan joyni bosib ko‘rsangiz og‘riq ko‘payadi. 513-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni sinonimlari bilan almashtiring, bunda ularning ma’nosini kuchaytirishga, jumla ma’nosiga kuchli hissiylik kiri- tishga harakat qiling. 1. Osmonda burgutlar uchib yuribdi. 2. Bolaning ko‘zlarida hay- Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling