Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
SINTAKTIK USLUBIYAT 516-mashq. Berilgan gap juftliklaridagi gaplarning uslubiy farqini tushun- tiring. 1. Hoy, aylanay o‘g‘rigina bolam, boshimda shunday musibat tur- gan-da ko‘zimga uyqu keladimi? (G‘. G‘ulom) – Hoy, aylanay o‘g‘ri- gina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu kel- maydi-da. 2. Bolani kim sevmaydi? – Bolani hamma sevadi. 3. Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmaydi. – Ilmni mehnatsiz egallab bo‘ladimi?! 4. Kim ham yurtini o‘z ixtiyori bilan tashlab ketardi? – Hech kim yurtini o‘z ixtiyori bilan tashlab ketmaydi. 5. Shirin so‘zga, erkalashga qaysi ayol bardosh bera oladi-yu, mehr qaysi ayolning yuragini eritib, sel qi- lib yubormaydi. (F. Musajonov) – Shirin so‘zga, erkalashga hech qaysi ayol bardosh bera olmaydi, mehr har qanday ayolning yuragini eritib, sel qilib yuboradi. 6. Sodda kun kechirishga o‘rgangan uquvsiz bir qishloqi ayol nima ham qila oladi? (P. Tursun) – Sodda kun kechirishga o‘rgangan uquvsiz bir qishloqi ayol hech nima qila olmaydi-da. 517-mashq. Quyidagi darak gaplarni ritorik so‘roq gapga aylantiring. 1. Ezgu niyatga qing‘ir yo‘llar bilan erishib bo‘lmaydi. 2. Bunday odobli, mehnatkash qizni hech qayerdan topa olmaysiz. 3. Inson o‘z vijdonidan hech qayerga qochib qutula olmaydi. 4. Har qanday ota far- zandining o‘qimishli bo‘lishini istaydi. 5. Arpa ekib, bug‘doy olib bo‘l- maydi. 6. Ochko‘z odamda qanoat tuyg‘usi bo‘lmaydi. 7. Har bir qiz turmushga chqib, baxtli bo‘lishni istaydi. 518-mashq. Berilgan gaplarda qaysi bo‘lakning tartibi o‘zgarganini va bu o‘zgarishning uslubiy vazifasini izohlang. 1. Qurib ketsin bu Toshkent zilzilasi, hech esingizdan chiqmaydi-ya. (P. Qodi-rov) 2. Bitta o‘zingni boqqanimiz ham yetadi. Yo‘qot piya- nista o‘rtoqlaringni. (O‘. Hoshimov) 3. Ichimga chiroq yoqsa, yori- masdi o‘sha kunlarda. (K. Yashin) 4. Qanday ajoyib yigit bo‘libdi u. (O‘. Umarbekov) 5. Bolalardan kattarog‘i: – Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? – deb so‘radi Alisherga tik qarab. (Oybek) 6. Ha, zoye ketmadi o‘sha kurashlar, uyqusiz tunlar! (R. Fayziy) 242 Aslo tugamaydi ushbu mojaro, Paymonang na to‘lib, na to‘lolmaydi. Barcha g‘avg‘olarni yig‘sang ham, ammo Uydagi janjalga teng bo‘lolmaydi. Sovuq urgan kabi so‘lg‘in turishi, Oila na yashnab, na kulolmaydi. Mabodo boshlansa jahon urushi – Uydagi janjalga teng bo‘lolmaydi. Uning jangchilari majruhdir mutloq, Na tirik qoladi, na o‘lolmaydi. Yaxlit dahshat derlar do‘zaxni, biroq Uydagi janjalga teng bo‘lolmaydi. (A. Oripov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling