«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»
Download 426.34 Kb. Pdf ko'rish
|
«BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
International scientific-theoretical conference on the topic: «THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN GOVERNMENT AND CULTURE» www.myscience.uz 195 | X. Jalilova. «BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI «BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI Jalilova Xurshida filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zMU doktoranti Аnnotatsiya: Ushbu maqola Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asarida yo‘l xotiralari tasviriga bag‘ishlangan. «Boburnoma»da sayohatnomaga xos barcha unsurlar, xususiyatlar, muallif obrazi va uning pozitsiyasi misollar bilan tahlil qilingan. Аsarda yo‘l xotiralari tasviri nafaqat ayrim paragraflarda, balki butun boblarda ham mavjud. «Boburnoma» o‘rta asrlar mumtoz adabiyotida turkiy tilda, nasrda bitilgan, Sharq mamlakatlari va xalqlariga oid yo‘l xotiralari tasvirlangan eng sara yodgorlikdir. Kalit so‘zlar: memuar, yo‘l xotiralari, muallif, obraz, sayohatnoma, tasvir. Аннотация: Данная статья посвящена описанию путевых воспоминаний в произведении «Бабурнаме» Захириддина Мухаммада Бабура. На примере текстов произведения были проанализированы характерные черты, элементы, свойственные путевым заметкам, образ автора и его позиция. Таким образом, «Бабурнаме» является памятником средневековой классической литературы, написанным на тюркском языке, в прозаической форме, описывающей путевые воспоминания о восточных странах и народах. Ключевые слова: мемуары, путевые воспоминания, автор, образ, путешествие, описане. Annotation: This article is devoted to the description of travel memories in the work "Baburname" by Zahiriddin Muhammad Babur. On the example of the texts of the work, the characteristic features, elements inherent of travel notes, the image of the author and his position were analyzed. Thus, "Baburname" is a monument of medieval classical literature, written in the Turkic language, in a prosaic form, describing travel memories of eastern countries and peoples. Keywords: m emoir, travel memories, author, image, journey, description. Zahiriddin Muhammad Boburning qomusiy asari hisoblangan «Boburnoma» haqida o‘zbek va jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar qilingan va bu jarayon hanuzgacha davom etmoqda. Аdibning birgina «Boburnoma»si janri bo‘yicha turli fikr va qarashlar uchraydi. Bunday bahslarning yuzaga kelishi, avvalo, asarning keng ko‘lamliligi, turfa xil sohalarni o‘zida jo etganligi va asarda ham badiiy, ham ilmiy janrlar unsurlari mavjud ekanliginidir. «Boburnoma» janri tadqiqot ishlarining aksariyatida tarixiy-memuar asar sifatida beriladi.Boburnoma» shakl jihatdan murakkab bo‘lib, o‘z ichiga solnomaga oid katta hajmdagi tarixiy memuar materiallarni, shoir Bobur va zamondoshlari tomonidan bitilgan sheʼrlarni, taniqli tarixiy shaxslar haqidagi qimmatli maʼlumotlarni, shuningdek bir qator mamlakatlar va xalqlar madaniyatini, urf-odatlari tasvirini, hayvonot va o‘simlik dunyosini, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini, o‘zining harbiy yurishlari va o‘zaro nizoli urushlar tarixini va tahlilini o‘ziga qamrab olgan sinkretik asar. Download 426.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling