Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
490-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtali vergulning ishlatish sababini tushun-
tiring. 1. Bozorda hamma narsa bor: anjir, olma, o‘rik, nok; tesha, o‘roq, ketmon, belkurak; kosa, piyola, tovoq; tovuq, o‘rdak, kurka; shim, ko‘ylak, paypoq; qo‘y, echki, qoramol va hokazo. 2. Mayin yel cho‘q- qilarni quchib yotgan qor nafasini olib keladi; muzlikdan sizib tusha- yotgan suv shildirab oqadi. (Y. Shamsharov) 3. Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) ariq-zovurlarni qazish va tozalash; b) yerlarni tekislash (balandliklarni surish yo‘li bilan); d) traktorlar ta’mirini tugallash; e) bahorgi ekish ishlarini uyushqoqlik bilan boshlab yuborish. 491-mashq. Gaplarni o‘qing. Ko‘pnuqtaning qo‘llanish o‘rni va sababini aniq- lang. 1. Kelimning shu yo‘sin yaxshi bo‘lishiga qaramasdan uning tabia- tida harchand tirishilsa ham maqtab bo‘lmaydigan xususiyatlar bor: xasislikka o‘xshagan holat, tamagirlik kabi odat, ichiqoraliq kabi hara- kat va amsoli… (A. Qodiriy) 2. – Zaharni kim beradi? 226 Nima deyishga ham hayron tabib: – Men… men… o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi… Men darrov dori yuboray, darrov ichiring, tuzukmi? – dedi. (A. Qodiriy) 3. – Nahotki podshoh Bobur sen bo‘lsang?! – Ha, men podshoh edim! – Hozir-chi? – Hozir… toj-u taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot kechirmoqchimen. (P. Qodirov) 4. Seni ham qayta ko‘rolmasmen deb o‘ylagan edim. Bosh omon bo‘lsa, ham-masi o‘tar ekan… (P. Qodirov) 492-mashq. Gaplarni o‘qing. Ikki nuqtaning qo‘llanish o‘rni va sababini aniq- lang. 1. Bog‘ning turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, o‘rik, behi, jiyda va hokazo anchagina. (Oybek) 2. Ayolim qishin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yuvadi, uy-joyni supuradi, non yopadi, ko‘rpa qaviydi. (Oybek) 3. Rentgenolog vrachning rang-quti o‘chdi: bemorning tomog‘ida bilinar-bilinmas dog‘ bor edi. (I. Rahim) 4. Elmu- rodga rota komandiri yoqmadi: tili qalampirdek achchiq, har gapni pisanda qilganday burab gapiradi. (Shuhrat) 5. Bola atrofga bir qarab tushundi: harakat qilish ham befoyda. (Sh. Xolmirzayev) 6. Mahalla ko‘chalari hech qachon bunchalar gavjum bo‘lmagan edi: baqir-chaqir ovozlar, arralarning chiyillashi, bolg‘alarning taqillashi eshitilardi. («Saodat» jurnalidan) 7. Otamurod uzoqdan bo‘lsa-da, sezdi: boshliq og‘ir ahvolda qolibdi. (M. Mansurov) 8. Ziyo aka ajablanib dedi: – Qanday dardmandlik? Otabek sog‘-ku! (A.Qodiriy) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling