Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 401-mashq.
- 402-mashq.
400-mashq. Uyushiq to‘ldiruvchilarni aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga
ko‘chiring. 1. Sidiqjon bolaligi o‘tgan tor ko‘chalarni, qishloq, anhor bo‘ylarini, sigir boqqan joylarini borib ko‘rdi. (A. Qahhor) 2. Xiyobonlar bola ye- taklagan ayollar, qo‘ltiqlashib yurgan yosh-yalanglar bilan to‘la. (S. Zunnunova) 3. Azizbek bo‘lsa javohir qadalgan tojlar, oltin taxtlar, nozanin parivashlar, dongdor mahramlar haqidagina o‘ylar edi. (A. Qo- diriy) 4. Do‘stim, hayotga chuqurroq qarasangiz, to‘g‘ri bilan egrini ayira bilasiz.. (Oybek) 5. Men sizga o‘g‘ilman, farzandingizman. Uri- shishga, so‘kishga, tergashga haqqingiz bor. (S. Ahmad) 6. Elmurod- ning qalbini bu xat ezib yubordi. Onasining tog‘day yuragi, quyoshday issiq mehri oldida o‘zini ojiz sezganday bo‘ldi. (Shuhrat) 401-mashq. Uyushiq aniqlovchilarni topib, ma’no turi va qaysi so‘zga bog‘- lanayotganini ayting. 1. Yoz kunlari Maxdumning hovlisi oq, nimrang, ola, zangor, malla, lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko‘rinishga kirar edi. (A. Qodiriy) 2. Jambil, rayhonning isi yetti mahalla naridan dimoqqa uriladi. (Shukrullo) 3. Alifbo – inson hayoti- ning, inson kamolining eng buyuk ijodiyoti; jahon madaniyati, butun ilm, o‘lmas badiiy, falsafiy, axloqiy boyliklar shu harflarga asoslangan. (K. Yashin) 4. Qurbon ota yelib-yugurib, sal kunda qishki va yozgi choyxonaning kam-ko‘stini to‘g‘rilab oldi. (A. Qahhor) 402-mashq. Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilarni topib, farqini tushun- tiring. 1. Keng, tekis ko‘chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. (Oybek) 2. Ikki yonida adil teraklar shovullagan keng asfalt yo‘l. (H. G‘ulom) 3. Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shata- loq otib, orqasidan bir kishini surib kirdi. (Oybek) 4. Katta, keng gulzor- lar orasidan o‘tib, serpanjara, hashamatli bino oldida to‘xtadilar. (Oy- bek) 5. Erta nahor chog‘ida, dengizning yoqimli orombaxsh mayin sha- moli esib turganda.. Kaspiy ajib jilvagar ko‘rinardi. (N. Safarov) 6. Juvon yoqimli, shikasta tovush bilan xirgoyi qilardi. (S. Ahmad) 7. Poytaxtimizda ko‘p qavatli osmono‘par binolar, istirohat bog‘lari, 192 mehmonxonalar bor. (M. Hamidova) 8. Tol kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. (M. Alaviya) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling