Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Hol 388-mashq. Gaplarni o‘qing. Hollarni topib, quyidagicha tahlil qiling: 1) so‘- rog‘i, 2) qaysi gap bo‘lagiga tobelanib kelayotganligi, 3) ma’nosiga ko‘ra turi, 4) qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligi va grammatik shakli, 5) tuzilishiga ko‘ra turi. Namuna: Qishloqda birorta qimir etgan jonivor ko‘rinmaydi. – Qishloqda – hol, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, kesim vazifasidagi ko‘rinmaydi so‘ziga tobelanib kelgan, o‘rin holi, o‘rin-payt kelishigidagi ot bilan ifodalangan, sodda. Hozirgina yomg‘ir yog‘ib o‘tgani uchun dov-daraxt yaproqlari yaraqlaydi. – Hozirgina yomg‘ir yog‘ib o‘tgani uchun – hol, nima uchun? so‘rog‘iga javob bo‘- ladi, kesim vazifasidagi yaraqlaydi so‘ziga tobelanib kelgan, sabab holi, -gani shaklidagi sifatdoshga uchun ko‘makchisini qo‘shish bilan hosil bo‘lgan, kengay- gan birikma bilan ifodalangan murakkab hol. 1. Yo‘lchi nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi. (Oybek) 2. Ahmad ko‘chaga chiqdi. Kun issiq, borliq lov-lov yonardi. (F. Musajonov) 3. Vaqt xuftondan o‘tgandan keyin Umurzoq ota o‘zini ancha bardam his eta boshladi. (D. Nuriy) 4. Uch kunlik emas, kamida bir haftalik oy tog‘lar ortidan sekin ko‘tarilib kelardi. (O. Yoqubov) 5. Kech kirgani uchun sovuq yana ham zo‘raygan, izg‘irin yuz-ko‘zlarni ayovsiz chim- chilardi. (O‘. Usmonov) 6. Otabek shoshib tokchadan xitoyi norin to- voqni oldi. (A. Qodiriy) 7. Zarafshon vodiysining ob-havosi juda beqa- ror, bir kunda yuz marta o‘zgaradi. (Sh. Toshmatov) Savollar: 1. Hol qanday gap bo‘lagi? 2. Hol qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi? 3. Hol qaysi gap bo‘lagiga tobelanib keladi? 3. Holning qanday ma’no turlari bor? 4. Hol qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi? 5. Hol qanday grammatik shakllar bilan ifodalanadi? 6. Holning tuzilishiga ko‘ra qanday turlari bor? 389-mashq. Gaplarni o‘qing. O‘rin va payt hollarini topib, ifodalanishini tushuntiring. 187 1. O‘rikzorda qizil ko‘ylakli bir ayol ko‘rindi. (P. Tursun) 2. Tar- longa azonda besh kilo, tushda besh kilo, oqshomda ham shuncha arpa yem berdim. (T. Murod) 3. Zarqishloqda har kuni bir yangilik, har kuni bir mo‘jiza yuz berardi. (S. Ahmad) 4. Abdumajidlar, Zarif ota taxmin qilganidek, o‘n ikkidan ancha oshganda kelishdi. (O‘.Usmonov) 5. Tog‘dan sovuqqina yel esardi. (P. Tursun) 6. Egri-bugri shoxlari bu- tun hovlini tutgan katta nashvati daraxti tagida bir to‘da bolalar o‘tiri- shibdi. (F. Nasriddinov) 7. Kishi qarigandan keyin kindik qoni to‘kil- gan joyini qo‘msab qolarkan. (B. Rahmonov) 8. Dovondan o‘tib olishsa, u yog‘i oson. Katta tosh yo‘lga chiqishadi-yu, shaharga bexatar yetib olishadi. (M. Ismoiliy) 9. Murod quyosh yoyilganda turdi. (T. Ashurov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling