Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. “O‘qish kitobi” darsliklaridan holning har bir ma’no turiga ikki- tadan misol topib yozing


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

393-mashq. “O‘qish kitobi” darsliklaridan holning har bir ma’no turiga ikki-
tadan misol topib yozing. 
 
Gapning uyushiq bo‘laklari 
394-mashq. Gaplarni o‘qing. Uyushiq bo‘laklarni topib, qanday so‘roqqa ja-
vob bo‘lishini, gapning qaysi bo‘lagi uyushib kelganini ayting. 
1. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar 
qiyg‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) 2. Usta temirni cho‘g‘ga solib 
bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi. (Oybek) 3. Tuvaklarda oq, sariq, 
pushti gullar ochilib yotibdi. (S. Siyoyev) 4. Sidiqjon bolaligi o‘tgan tor 
ko‘chalarni, qishloq, anhor bo‘ylarini, sigir boqqan joylarini borib ko‘r-
di. (A. Qahhor) 5. Tomlarda, daraxtlarda qor ancha qalinlashgan. Yana 
shiddat bilan yog‘ishda davom etadi. (Oybek) 
 
Savollar: 
1. Uyushiq bo‘lak nima? 
2. Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelishi mumkin? 


189 
395-mashq. Quyidagi gaplarni bitta uyushiq bo‘lakli gapga aylantirib yozing. 
Topshiriqni bajarish asosida gap bo‘laklarini uyushtirishning nutqdagi ahamiya-
tini tushuntiring. 
I. 1. Kuzda turnalar issiq o‘lkalarga uchib ketadi. 2. Kuzda laylaklar 
issiq o‘lkalarga uchib ketadi. 3. Kuzda qaldirg‘ochlar issiq o‘lkalarga 
uchib ketadi.
II. 1. Navro‘zda sumalak pishiriladi. 2. Navro‘zda halim pishiriladi. 
3. Navro‘zda ko‘k somsa pishiriladi. 4. Navro‘zda kulcha pishiriladi.
5. Navro‘zda lochira pishiriladi.
III. 1. Hozirgi davr o‘qituvchisi axborot texnologiyalarini yaxshi bi-
lishi lozim. 2. Hozirgi davr o‘qituvchisi yangi pedagogik texnologiya-
larni yaxshi bilishi lozim. 3. Hozirgi davr o‘qituvchisi xorijiy tillarni 
yaxshi bilishi lozim.
396-mashq. Gaplarni o‘qing. Uyushiq bo‘laklar qanday vositalar yordamida 
bog‘langanligi va ular orasida tinish belgilarining nima uchun qo‘yilganligini 
izohlang.
1. Xolisa taqsimchalarda qora mayiz, mag‘iz, dudlangan qazi keltirib 
qo‘ydi. (S. Nurov) 2. Bora-bora cho‘l sahroga aylandi, odamlar va otlar-
ning suvga ehtiyoji osha bordi. (M. Osim) 3. Bahor ariq bo‘yiga o‘tirib, 
pomidor, bodring va piyoz yuvdi. (Sh. Rashidov) 4. Ahmadjon bilan 
Mannon bu nogahoniy kulgidan dovdirab qolishgan edi. (Y. Shamsha-
rov) 5. Ellikdan ortiq duradgor faqat belkurag-u ketmonga sop yasash 
bilan ovora. (S. Ahmad) 6. To‘yga aytish juda qiziq, ammo ayni paytda 
juda serdaxmaza yumush ekan. (F. Musajonov) 7. Opa bir-ikki marta 
gapga og‘iz juftladi-yu, gapirolmadi. (S. Ahmad) 8. Hoshimjon ro‘pa-
radagi akas daraxti tagiga gazeta yozdi-da, qo‘lidagilarni qo‘ydi.
(O‘. Usmonov) 9. Ularni odamlar nigohidan na quyuq bog‘lar, na tun 
zulmati, na biron ovloq go‘sha yashira oladi. (O. Muxtor) 10. Haqqush 
bo‘lsa to‘xtovsiz sayrar, yoz shabadasida uning ovozi goh sekin, goh 
baralla eshitilardi. (O‘. Hoshimov) 11. Nimaiki maslahat yoki yordam 
kerak bo‘lsa, biz xizmatingizga hozirmiz. (Shuhrat) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling