Ona tili va bolalar adabiyoti


Ikkinchi darajali bo‘laklar


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Ikkinchi darajali bo‘laklar
To‘ldiruvchi 
376-mashq. Matnni o‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalan-
ganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilan 
birikma tarzida ko‘chiring. 
Unsin uy ishlarida kampirga ko‘maklashadi. Bolalarni yuvintiradi
eski-tuski kiyimlarni yamab-yasqab, butun qiladi. Kechqurun sho‘rva, 
atala-umoch, moshxo‘rda kabi ovqatlarni pishiradi. Shokir ota boshliq 


181 
hammalari o‘rtada baham ko‘rishadi. Lekin qiz bularni ish deb hisob-
lamaydi.
Unsin otaning mehnatkashligini yaxshi biladi. U otaning ishini 
yengillashtirishni istaydi. Dastlab ip eshib, mumlab beradi. Mahsilarga 
shon qoqadi, shondan tushiradi, pardozlaydi, lok surkaydi. Ammo bu 
bilan otaning ishi yengillashmaydi. Unsin oilaga yordam berish chora-
sini ko‘p o‘ylaydi. Oxiri mahsi tikishni o‘rganishga qaror qiladi. U 
Shokir otadan shogirdlikka olishni so‘raydi. Ota avvaliga rozi bo‘l-
maydi. Keyinchalik qizning intilishini ko‘rib, mahsi tikishni o‘rgatadi. 
Ota unga so‘zan, bigiz tutishni o‘rgatadi. Ziyrak qizning qo‘li darrov 
kelisha qoladi. (Oybek) 
377-mashq. Vositasiz to‘ldiruvchilarni aniqlab, ularning qaysi so‘z turkumi 
bilan ifodalanganligini tushuntiring. 
1. Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. 
(A. Qahhor) 2. Kim bilan kovlayman bu kanalni. Kanal kovlaydigan 
ketmonchilarimni olib ketishdi. (I. Rahim) 3. Xayol bilan bo‘lib, baliqni 
aylantirishni ham unutib qo‘yibman, bunday qarasam, seli chiqib 
jizillayapti. (N. Fozilov) 4. Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer. 
(Maqol) 5. Sholining orqasidan kurmak suv ichadi. (Maqol) 6. Ehe, bu 
ko‘sa yerlar ham shunday gullab ketsinki, odamlar bir sayr qilishni orzu 
qilsin. (Oybek) 7. Yaxshini ham ko‘rdi, yomonni ham. Ichidan o‘ziga 
loyig‘ini tanlab oldi. (J. Abdullaxonov) 8. So‘rining ustida qushlarning 
chug‘ur-chug‘urini eshitib yotdim. 9. Birni kessang, o‘nni ek. (Maqol) 
10. Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud qiling. 11. Men 
yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. (Oybek) 
12. To‘mtoq qoshlari, chaqnagan ko‘zlari bir ko‘rganni dovdiratib qo‘-
yardi. (S. Ahmad) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling