Ona tili va bolalar adabiyoti


Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi 
371-mashq. Gaplarni yig‘iq gap tarzida ko‘chirib, ega va kesimning shaxsi 
va sonini ayting, ularning shaxsda moslashuvini tushuntiring.
1. Men bo‘lgan voqeani aytib berdim. (T. Ashurov) 2. Sen ularga 
ruhiy oziq berasan, men moddiy tomondan suyayman. (Shukrullo)  
3. Sen hali ko‘p yashaysan. (X. Sultonov) 4. Birodari aziz, siz mening 
bu so‘zlarimdan xafa bo‘la ko‘rmangiz.. (A. Qodiriy) 5. Uyimiz oldida 
chuchmomalar o‘sardi. Biz ularni bo‘tako‘z deb terar edik. (Sh. Xol-
mirzayev) 6. Oftob oyim erining keyingi so‘zi bilan anchagina bo‘-
shashdi. (A. Qodiriy) 7. Siz qutlug‘ kunlarda yetib keldingiz, aziz biro-
darlar! (A. Muxtor)
372-mashq. Gaplarni o‘qing. Ega va kesimning sonda mosligini izohlang. 
Nima uchun ega ko‘plikni bildirganda kesimga -lar qo‘shilmaganligini tushun-
tiring. 
1. Bola ingradi (A. Qahhor) 2. Ot yo‘rtdi (A. Qahhor) 3. Olqordan 
bir dehqon ketmon peshlatgani keldi (A. Qahhor) 4. Telefon jiringladi 
(A. Qahhor) 5. Shu yigit birdaniga uylanish taraddudiga tushdi 
(A.Qahhor) 5. U nemischani shu lavozimda turib o‘zicha o‘rgangan
(A. Qahhor) 6. Saida sandiqni ochdi (A. Qahhor) 6. Mehmonlar juda 
charchagan edi. (A. Qahhor) 8. Otlar o‘z-o‘zidan asta yurib ketdi 
(A.Qahhor) 9. Chiroqlar o‘chdi (A. Qahhor) 10. Qattiq shamolga 
o‘rganmagan daraxtlar quladi (A. Qahhor) 11. Beshta otliq yetib keldi 
(A. Qahhor) 12. Bir lahza hamma kishi jim qolibdi (A. Qahhor) 13. Har 


179 
kuni son-sanoqsiz odam kirib chiqadi (A. Qahhor) 14. Ehsonni kuzat-
gani vokzalga ko‘p odam chiqdi (A. Qahhor) 15. Tepalikdagi baqate-
rakdan gur etib ko‘tarilgan bir to‘p qarg‘a «qa-qug‘» deganicha to‘rt 
tomonga uchib ketdi (A. Qahhor) 16. Ota-onam katta tashvishga tushib 
qoldi (A. Qahhor) 17. – Ota, bular cho‘pon emas! – dedi Badia. 
(Mirmuhsin) 18. O‘ttiz sakkiz kishining ko‘pi ot ulovli o‘rta dehqon 
bo‘lsa kerak. (A. Qahhor) 19. Bodring issiqsevar, yorug‘sevar va 
namga talabchan o‘simlik. («Fan va turmush» jurnalidan) 20. Meni 
sergaklanib kuzatayotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. (P. Qo-
dirov) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling