Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

176-mashq. Gaplarni nuqtalar o‘rniga mos iborani qo‘yib o‘qing va iboraning 
ma’nosini izohlang. 


78 
1. Normathojining joni chiqib, tomdagilarni ... so‘zlar bilan so‘kib, 
haydab yubordi. (Oydin) 2. Yomg‘ir juda qattiq quyadiganga o‘xshay-
di-ku, havoning ... . (A. Qahhor) 3. Mulla Mamajon o‘z davrida yal-
qovlik bilan “Alif layli”dagi Abutanbalni ... kishi bo‘lgan ekan.
(G‘. Gulom) 4. Shu yoshga kelib, qilgan mehnatim ham, orttirgan ob-
ro‘yim ham ... . (R. Fayziy) 5. Toshkent hokimi bo‘lgan Azizbek 
Qo‘qonga qarshi ... . (A. Qodiriy) 6. Bu gaplardan qo‘zichoqning ... .
(R. Tolib) 7. Mahmud yosh bahodirning izzat-nafsiga shikast yetka-
zishni o‘ziga ... , bu iltifotni rad etibdi. (“Pahlavon va shoir” rivo-
yatidan) 8. Oradan bir necha kun o‘tsa ham, laylak minoraga sovg‘a 
haqida ... . (“Minora va laylak” ertagidan) 9. Itning ... . Qodirga qarab 
yugurdi. (H. Nazir) 10. Kechqurun otam ishdan qaytgach, onam 
yig‘lab-yig‘lab voqeani ... aytib berdi. (H. Tursunqulov) 11. Shunday 
achitib, piching bilan yozibdiki, so‘zlariga ... . (G‘. G‘ulom)
12. Chingizxon farmoni bilan shaharga o‘t qo‘yilib … . (Mirmuhsin)
13. Bu oila shu do‘kon orqasidan bir navi … edi. (S. Zunnunova)
14. … , bobomiz Sohibqiron Amir Temurni tanidik. (S. Barnoyev)
15. Mustaqillik – bu erkin fikrlash, mustaqil harakat qilishdir. Boy 
tarixini … asrash, avaylash, kelajak avlodlarga asl holida yetkazib 
berishdir. (D.Kamoljonova) 16. Yaxshiyamki, olma qovoqdek emas
bo‘lmasa … yuborardi, – dedi chumchuq kulib. (“Tabiatning ne’mati 
ko‘p” ertagidan)
17. Bo‘ri tayyor deb o‘lja, 
Yutar ekan so‘lagin: 
Fursat poylab To‘ng‘izcha 
… (A. Obidjon) 
 
Foydalanish uchun iboralar: juftakni rostlab qolmoq, kurakda turmaydigan, bir 
pul bo‘lmoq, ipidan ignasigacha, avzoyi buzuq , gap ochmaslik, kun ko‘rmoq, bir 
cho‘qishda qochiradigan, bosh ko‘tarmoq, burni ko‘tarilib ketmoq, fe’li aynimoq, 
ep ko‘rmaslik, ilon po‘st tashlaydi, kuli ko‘kka sovurilmoq, ko‘zi ochilmoq, ko‘z 
qorachig‘idek, miyasining qatig‘ini chiqarmoq. 
 
177-mashq. Berilgan iboralarning ma’nosini izohlang va ulardan 6 tasi ishtiro-
kida gap tuzing. 
Almisoqdan qolgan, anqoning urug‘i, dami ichiga tushmoq, do‘p-
pisini osmonga otmoq, boshiga ko‘tarmoq, boshi qotmoq, boshi ko‘kka 
yetmoq, boshida yong‘oq chaqmoq, burni ko‘tarilmoq, ensasi qotmoq, 


79 
eti suyagiga yopishmoq, fe’li aynimoq, gapidan chiqmaslik, haddi 
sig‘moq, hang-u mang bo‘lib qolmoq, hash-pash deguncha, holdan 
toymoq, ikki dunyoda ham, ikki oyog‘ini tirab olmoq, ilonning yog‘ini 
yalagan, ipidan ignasigacha, iziga tushmoq, jon kuydirib, juftakni 
rostlamoq, kapalagi uchmoq, kindik qoni to‘kilgan joy, kuragi yerga 
tegmagan, ko‘z ochib yumguncha.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling