MORFEMIKA
199-mashq. Berilgan so‘zlarni qiya chiziq (/) bilan morfemalarga ajrating.
O‘zak va qo‘shimchalarni ko‘rsatib, ma’nosini izohlang.
Bayramingiz, mustaqillik, avlodlarga, buyumlarning, yurt, suhbat-
lashib, etikdo‘z, yashayotgan, mehmonxonalar, ikkita, ko‘maklashadi,
yomonlagan, yuringlar, bittagina, tosh, chekkarog‘ida, uyalmay, ahil-
lik, noto‘liq, qo‘rqqanimdan, afsuslanibdi, buzoqcha, ma’rasa, tipra-
tikan, halollik, hovliqma, birgalashib, merganman, tokzorda, shamol-
lagandir-da, bo‘taloqlarim, so‘ridagi, tarovatli, yangicha, suv, karam,
aytganingizdek, shaftolizor, topqirligiga, to‘qnashuvda, uyquchiroq.
Savollar:
1. Morfema nima? Uning qanday turlari bor?
2. O‘zak morfemaning xususiyatini ayting.
3. Qo‘shimcha morfema qanday xususiyatga ega?
200
-mashq. Berilgan so‘zlarni morfemalarga ajrating va morfemalar asosida
ularning ma’nosini izohlang.
Afsonaviy, an’anaviy, ardoqlamoq, ayozli, badantarbiya, bahaybat,
bearmon, bedarak, befarosat, behol, beldor, betilmoch, beg‘ubor, buru-
shiq, bo‘lmali, bo‘ribosar, dillashmoq, do‘kondor, fidoyi, halollik,
hayotbaxsh, hasharchi, hayratlanarli, hukmdor, istilochi, hurkovich,
jarangdor, jilovlamoq, qo‘shma, ma’rifatparvar, kasalmand, manman-
lik, qadrlamoq, mulohazali, quvlik, ramziy, samoviy, savag‘ich, serbar,
serhasham, serhosil, tunukasoz, vafodor, uyg‘unlashmoq, xalqchil,
xayolchan, xosiyatli, yodgorlik, zahmatkash, ziyoratgoh.
So‘zni morfemaga ajratib tahlil qilishning qanday amaliy ahamiyati bor?
201
-mashq. Berilgan so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchaga ajrating. O‘zak va
yasama so‘zning ma’nosini qiyoslab, qo‘shimchaning o‘zak ma’nosiga qanday
ta’sir qilayotganini tushuntiring.
Sayohatchi, guldon, tilshunos, davlatmand, suvli, sergap, bebaho,
holvapaz, soatsoz, jurnalxon, anorzor, boylik, chegarachi, ta’kidlamoq,
90
saxovatli, paxtazor, takrorlamoq, salomlashmoq, paxtakor, tuxum-
simon, hamfikr, choyxo‘r, shifobaxsh, ijodiy, sinfdosh, aravakash, sayr-
goh.
Do'stlaringiz bilan baham: |