Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild, Toshkent, 2006.
- 2. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild, Toshkent, 2003. Ko‘z
parti qolgan.
83 LEKSIKOGRAFIYA 188-mashq. Ko‘z so‘zining turli lug‘atda berilgan izohini o‘qing. Izohlarning farqini tushuntiring. 1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild, Toshkent, 2006. (So‘zning izohi qisqartirib olindi.) Ko‘z 1. Tirik mavjudotning ko‘rish a’zosi. Ko‘z kosasi. Ko‘z oqi. Ko‘z qorachig‘i. Qora ko‘z. Ko‘k ko‘z. Xumor ko‘z. Ayagan ko‘zga cho‘p tushar. Maqol. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Maqol. 2. Nazar, nigoh, qarash. [Kumushning] Ko‘zlari o‘ynaguvchi qizlar- da bo‘lsa ham, haqiqatda boshqa narsani ko‘rgandek. A. Qodiriy, O‘tkan kunlar. Mansur hamon indamas, ko‘zlarini bir nuqtadan uzmas edi. O‘. Hoshimov 3. Ko‘rish qobiliyati. Ko‘zi xira. Ko‘zi o‘tkir. Kozi ojiz. Ko‘zi yaxshi emas. ▬ Bir vaqtlar do‘ppi tikdim, ko‘rpa qavidim.. endi unday ishlarga ko‘zim o‘tmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yozuvchining ko‘zi ham, dimog‘i ham, qulog‘i ham hech kimnikuga o‘xshamaydi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i. 4. ko‘chma Ba’zi narsalarning biror belgisi bilan ajralib, ko‘zga o‘xshab ketadigan qismi, bo‘lagi. Derazaning ko‘zi. Yog‘ochning ko‘zi. Buloqning ko‘zi. 2. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild, Toshkent, 2003. Ko‘z – ko‘rish a’zosi; umurtqasiz ba’zi hayvonlar (jumladan, hasha- rotlar, boshoyoqli molluskalar), umurtqali barcha hayvonlar va odam yorug‘lik ta’sirlarini ko‘z bilan sezadi. Umurtqasiz hayvonlarning aksa- riyatida bir qadar murakkab ko‘rish a’zolari (mas., fasetkali ko‘zlar) ko‘z vazifasini o‘taydi. Umurtqali hayvonlar va odamning juft ko‘zlari kallaning ko‘z kosalarida (orbitalarida) joylashgan bo‘lib, ko‘z soqqasi (ko‘rish analizatorlarining periferik qismi – asl ko‘z) va yordamchi qismlar (ko‘z qovoqlari, ko‘z yoshi apparatlari va ko‘zni harakatlanti- ruvchi muskullar)dan iborat. Ko‘z soqqasi (diametri 22 – 24 mm cha) ko‘rish yo‘li orqali bosh miya bilan bog‘langan. Ko‘z soqqasining oldingi qismida muguz parda – dioptrik (yorug‘- likni singdiradigan) apparat, ko‘z gavhari, suvsimon suyuqlik va shi- shachasimon tana, shuningdek, akkomodatsiya uchun xizmat qiladigan 84 kipriksimon tana va rangdor parda bor (bu parda tasvirni yorug‘ sezgir to‘r parda – retinaga o‘tkazadi). Savollar: 1. Leksikografiyada nima o‘rganiladi? 2. Lug‘at nima? 3. Lug‘atning maqsad va mo‘ljaliga ko‘ra qanday turlari bor? 4. Umumiy lug‘at qanday lug‘at? 5. Maxsus lug‘at qanday lug‘at? 6. Ensiklopedik lug‘at qanday lug‘at? 7. Filologik lug‘at qanday lug‘at? 8. Ensiklopedik va filologik lug‘atning farqi nimada? 9. Umumiy ensiklopedik lug‘at haqida ma’lumot bering. 10. Umumiy filologik lug‘atga qanday lug‘atlar kiradi? 11. Izohli lug‘atda so‘zning qaysi jihatlari izohlanadi? 12. Maxsus ensiklopedik lug‘atlar haqida ma’lumot bering. 13. Maxsus filologik lug‘atga qanday lug‘atlar kiradi? 14. O‘quv lug‘atlari haqida ma’lumot bering. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling