209- mashq. Berilgan so‘zlardan -li, -dor, ser-, ba-; -siz, no-, be-; -soz, -chi;
-chi, -shunos qo‘shimchalari yordamida yangi so‘z hosil qiling. Bu qo‘shim-
chalar orasidagi ma’no munosabatini izohlang.
Davlat, shira, suv, ma’no, odob; aql, o‘rin, iloj, to‘g‘ri, odob; soat,
arava; adabiyot, tarix, baliq.
Savollar:
1. Qo‘shimchalar ma’nodoshligi deganda nimani tushunasiz?
2. Ma’nodosh qo‘shimchalar doim ham bir-birini almashtira oladimi?
3. Nima uchun no- qo‘shimchasi -siz, be- qo‘shimchalari bilan ko‘p holda
ma’nodoshlik hosil qilmaydi?
210-mashq. Berilgan so‘zlardagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. Bu
qo‘shimchalar orasidagi ma’no munosabatini tushuntiring.
Baxtli, baxtsiz, insofli, insofsiz, qurolli, qurolsiz, yog‘li, yog‘siz;
odobli, beodob, iboli, beibo, suvli, besuv, mulohazali, bemulohaza,
fayzli, befayz, mehrli, bemehr, quvvatli, bequvvat; babaraka, bebaraka,
bama’ni, bema’ni, bahuzur, behuzur, baquvvat, bequvvat, baodob, be-
odob, batartib, betartib, bavosita, bevosita, bamaza, bemaza; sersuv,
suvsiz, sermulozamat, mulozamatsiz, serg‘ayrat, g‘ayratsiz, sermashaq-
qat, mashaqqatsiz, sergo‘sht, go‘shtsiz, serunum, unumsiz; go‘shtdor,
94
go‘shtsiz, aybdor, aybsiz, shirador, shirasiz, unumdor, unumsiz; o‘rinli,
noo‘rin, insofli, noinsof, tayinli, notayin, umidli, noumid.
Zid ma’noli qo‘shimchalar deganda nimani tushunasiz? Yuqoridagi soʻzlar
qanday yasalgan?
211-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ma’noli qismlarga boʻling va
shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang.
1.
Tilma zovurdan chiqib, tuproq uyumidan sakrab o‘tgan Alijon
qaytarma etigiga yopishgan tuproqni jahl bilan qoqdi. ( H. Nu’mon)
2. Gapirilgan gaplarni qaytarmang-da, hatto o‘zingiz aytgan gaplarni
takrorlayotirsiz! Konkret faktlarga o‘ting. (A . Qahhor) 3. Alijon kabob
sixidan bir to‘g‘ram sersel qaynoq go‘shtni og‘ziga soldi. ( H. G‘ulom)
4. Ko‘zimni ochsam, o‘zimga ikkita keladigan galvarsday yigit yerda
dumalab yotibdi. ( S. Siyoyev) 5. Dasturxonni yig‘uvchi kelinchakka
o‘g‘il tilab duo qilganlaridan keyin, qo‘liga o‘ttiz chaqa surma puli
berdilar. (A. Qodiriy) 6. Sodda, bolalari uchun kuyinchak, qo‘ni-qo‘sh-
nilar, aqrabolar bilan hamisha xushmuomala ayol. (Oybek) 7. Toy-
choqlar quloqlarini chimirib, kishnashib, o‘ynoqlashib, gala-gala
bo‘lib, quduqqa tashlanishdi. (I. Rahim) 8. Qo‘sh belbog‘ chapani-
chasiga past bog‘langan, yurishi ham oliftalarga taqlidni ko‘rsatar;
uning butun qomati, hamma harakatlari o‘ziga zeb bergan, maqtan-
Do'stlaringiz bilan baham: |