Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 

Savollar:
1. Yakka ot nima? 
2. Jamlovchi ot deganda nimani tushunasiz? 


104 
229-mashq. Berilgan yakka otlarni jamlovchi otlar bilan bog‘lab so‘z birikmasi 
tuzing. Shu so‘z birikmalaridan 3 tasi ishtirokida gap tuzing 
Namuna: qo‘y podasi.Yaylovda qo‘y podalari o‘tlab yuribdi.
Qo‘y, echki, ot, g‘oz, bola, sigir, shoir, shaxmatchi, talaba, mashq.
Foydalanish uchun so‘zlar: poda, to‘da, gala, uyur, xalq, suruv, ahl, jamoa, 
guruh, to‘plam. 
 
 
230-mashq. Berilgan otlarni sanaladigan va sanalmaydigan otlarga ajratib 
yozing.
Olma, qum, qovun, lola, go‘zallik, suv, qor, sukunat, kompyuter, un, 
yog‘, shakar, jurnal, dengiz, tuz, neft, qo‘ng‘iz, yomg‘ir, do‘l, fil, havo, 
shamol, sevinch, yulduz, oltin, sukunat, sevgi, so‘z, chizg‘ich, qop, 
pichoq, tuproq, loy, murch, qalampir, qo‘rquv, adolat, misol. 

Savollar:
1. Sanaladigan va sanalmaydigan ot deganda nimani tushunasiz? 
2. Sanalmaydigan otni necha guruhga bo‘lish mumkin? 
3. Sanaladigan otga -lar qo‘shilganda qanday ma’no ifodalanadi? 
4. Sanalmaydigan otga -lar qo‘shilganda qanday ma’no ifodalanadi? 
 
Son kategoriyasi 
231-mashq. Gaplarni o‘qing. Tub va -lar shaklidagi otlarni topib, birlik, 
ko‘plik yoki umumiylik ma’nosini ifodalayotganini ayting. 
1. Tom orqasida xo‘roz qanot qoqib qichqirdi. (A. Qahhor) 2. Tepa-
likning kun-gay tomonida chuchmomalar yerni yorib chiqa boshlagan, 
havo ham xiyla ayoz bir palla edi. (P. Qodirov) 3. Odobli bola elga 
manzur. (Maqol) 4. Tuguncha xiyla og‘ir edi. (A. Qahhor) 5. Bola 
ingradi. (A. Qahhor) 6. Shu yo‘sin nihollarni ekib tugatdik. (X. To‘x-
taboyev) 7. – Kel endi, mana bu ko‘chatni ushlab tur, – deydi ba’zan 
bobom. – Angrayma, nihol qiyshayib qolyapti. (X. To‘xtaboyev) 8. Go-
hida kichik, hidli handalakchalar olib kelardi. (Sh. Sa’dulla) 9. Inson 
avvalo mehnat bilan sharaf qozonadi. (M. Alaviya) 10. Bir vaqt yo‘lni 
changitib, qatoriga uch mashina keldi. (Sh. Sa’dulla) 11. Bobojon, bo-
g‘imizda o‘rik ko‘p-ku, endi qolganini ekmay qo‘ya qolaylik, qishloqqa 
qaytgim kelyapti, enamni sog‘indim. (X. To‘xtaboyev)


105 

Savollar: 
1. Otning son kategoriyasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Son kategoriyasining qanday shakllari bor? 
3. Tub shakl qanday ma’nolarni ifodalaydi? 
4. Ko‘plik shakli qanday hosil bo‘ladi? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling