Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar: 1. Turdosh ot nima 2. Atoqli ot nima 3. Atoqli ot qanday yoziladi 223-mashq
Ot
221-mashq. Matnni o‘qing. Ot turkumidagi so‘zlarni aniqlab qanday ma’noni ifodalashini tushuntiring. Har bir otga so‘roq bering. Kuz. Yakshanba kuni edi. Uchinchi sinf o‘quvchilari olmazorga bo- rishdi. Olmazor yonidagi tokzorda Qudrat aka toklarni chilpib yurgan 101 ekan. “Kelinglar!” deb bolalarni xursand kutib oldi. Bolalar odob bilan otaga salom berishdi. – Yashanglar, azamatlar, yashanglar. Olmalarga qaranglar, tagi bilan bitta bo‘lib to‘kilib yotibdi. Bolalar otaning gapiga darrov tushunishdi. Ular qo‘llariga bittadan savatcha olishdi-da, olma terishga tushib ketishdi. (M. Murodov) Inson eng avvalo mehnat bilan sharaf qozonadi, shuning uchun ham dehqon ahlining qadimiy bayrami – Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri bo‘lib qolgan. (M. Alaviya) Savollar: 1. Ot deb qanday so‘zlarga aytiladi? 2. Ot turkumiga mansub so‘zlar qanday ma’nolarni ifodalaydi? 3. Ot turkumiga kiruvchi so‘zlar qanday so‘roqlarga javob beradi? 222-mashq. Berilgan otlarni bir turdagi shaxs, joy, narsaning umumiy nomini yoki bir turdagi shaxs, joy, narsaning bittasini bildirishiga ko‘ra ikki guruhga ajratib yozing. Buxoro, qishloq, shahar, daryo, “Tafakkur”, bulbul, jurnal, Nozima, “Navoiy”, Amudaryo, qiz, O‘zbekiston, bayram, mamlakat, Navro‘z, televizor, “Samsung”, “O‘tgan kunlar”, ot, roman, Boychibor, qalam, igna, gul, suv, qo‘ng‘iz, oltin. Savollar: 1. Turdosh ot nima? 2. Atoqli ot nima? 3. Atoqli ot qanday yoziladi? 223-mashq. Berilgan atoqli otlarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing: 1) kishi nomi, 2) hayvon nomi, 3) joy nomi, 4) tashkilot nomi, 5) osmon jismi nomi, 6) gazeta, jurnal, darslik, asar nomi, 7) tarixiy sana va bayram nomi, 8) suv havzasi nomi. O‘tkir, Mosh, Kattaqo‘rg‘on, Amudaryo, Buxoro davlat universiteti, Mars, Osiyo, Boltiqbo‘yi, Chimkent, Qizilqum, Olapar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Misr Arab Respublikasi, Saturn, Somon yo‘li, “Ma’rifat”, “Boshlang‘ich ta’lim”, Kumush, Ramazon, Loy jangi, Kas- piy, “Ona tili”, “O‘qish kitobi”, “Kecha va kunduz”, Baroq, Tyanshan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling