Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Sening ham aybingga kuluvchilar bor. (Maqol)
245-mashq. Gaplarni o‘qing. Qaratqichli kishilik olmoshi ortiqcha, noo‘rin qo‘llangan holatlarni topib, izohlang. 1. Bizning qo‘shnimiz kulol. 2. Bizning eramizdan ikki asr burun budda rohiblari qoyalarni o‘yib, ibodatxona va monastirlar qurganlar. (N. Safarov) 3. Endi, mehmonlar, aybga buyurmaysizlar, mening qiladigan ishim, boradigan yerim ko‘p. (A. Qahhor) 4. Tabib ayt- tiraymi? – Ayttir. Mening ham ko‘nglimga shu kelib turgan edi. (A. Qo- diriy) 5. Bu davlatning badavlat kishilari mening og‘a-inimdek, yetim- yesirlari bolalarimdek bo‘lib qoldi. («Fan va turmush» jurnalidan) 6. Bizning yurtimizda ko‘pgina xalqlarning adabiyot va san’at dekada- lari o‘tkazilgan. (N. Safarov) 7. Bizning nutqimiz gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi. (“Ona tili” darsligidan) 8. Nega mening qizim ishlar ekan? Sizga o‘xshab boqimsiz qolibdimi? (U. Rashid) 9. Bizning vatanimizda sportga katta e’tibor beriladi. (“Ona tili” darsligidan) 10. Neft va gaz bizning asrimizda eng zaruriy energetik xomashyo bo‘lib qoldi. («Fan va turmush» jurnalidan) 11. Bizning ishimizga ham bir nazar solsangiz-chi. (P. Tursun) 12. Endi senga qadrsizlangan bo‘l- salar, ammo bizning qoshimizda ularning qadr-u qimmatlari yuqori. (A. Qodiriy) 112 10. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor. (A. Oripov) 11. Sen mening jonimni olgin, Men sening darding olay, Barcha sog‘lik senga bo‘lsin, Barcha bemorlik menga. (E. Vohidov) Matbuot, radio, televideniyedan qaratqichli kishilik olmoshi ortiqcha, noo‘rin qo‘llangan 10 ta misol topib yozing. 246-mashq. Berilgan so‘z birikmasi juftlari orasidagi farqni tushuntiring. O‘zingiz shunday so‘z birikmasi juftlari hosil qilib, ular ishtirokida gap tuzing. Namuna: Temir arra – temirdan yasalgan arra. Temir arrasi – temirni kesishga mo‘ljallangan arra. Bu temir arra qattiq yog‘ochni ham yaxshi kesar ekan. Usta temir arrasi bilan quvurni arraladi. 1. Mis qozon – mis qozoni. 2. Temir arra – temir arrasi. 3. Olmos keskich – olmos keskichi. 4. Latta xalta – latta xaltasi. 5. Cho‘yan pech – cho‘yan pechi. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling