Ona tili va bolalar adabiyoti
-mashq. Gaplarni o‘qing. -lar
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar: 1. Otning -lar
235-mashq. Gaplarni o‘qing. -lar shaklidagi otlar qanday ma’noni ifodalayot-
ganini izohlang. 1. Sharq tabobatiga oid kitoblarim bor. (A. Qahhor) 2. Ha, meni haqorat qilgan tillaring uzilsin! (D. Nuriy) 3. Ona sutida oqsillar, yog‘lar, fosfor kabi to‘yimli moddalar yetarli bo‘ladi. («Saodat» jurna- lidan) 4. Nariroqdagi stol ustida shundoqqina qozondan olib qo‘yil- ganicha, yog‘lari kleyonkaga tushib qotib qolgan cho‘mich, cho‘mich atrofida esa piyoz po‘choqlari bilan non uvoqlari.. (D. Nuriy) 5. Baliqlar gavda harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. (O‘zME) 6. Fotima bir- dan ochilib ketdi: ana qora yolqin tashlaguvchi ko‘zlar-u, ana tutab turgan payvasta qoshlar-u, yoshlarning ishtahasini ochadigan kuldir- gichlar-u. (A. Qahhor) 7. Ariq lablaridagi endigina bargak yozayotgan tollarga tabassum bilan qaraysan, char-choqlaring unutiladi. (O‘. Umar- bekov) 8. Boshlari zirqirab og‘rirdi, ko‘ngli aynib, lohas bo‘lardi. (Sh. Rashidov) 9. Kuz keldi. Suvlar ariqda oynadek tiniq shildiradi, ko‘kda mezonlar suzdi. (Sh. G‘ulomov) 9. Bog‘, maydon oshib Mah- kamlarning uyiga yetib keldim. (G‘ayratiy) 10. Kumushning nafis qora sochlari orqa-o‘ngiga to‘zg‘ib, ajib bir manzara berdilar. (A. Qodiriy) 11. Sentabr boshlarida polk g‘arbga tomon yo‘l oldi. (Oybek) 12. Farhodlar ter to‘kar tun-u kun bunda, Metinlar zarbiga chiday olmas tosh. (Uyg‘un) Savollar: 1. Otning -lar shakli qanday ma’nolarni ifodalaydi? 2. -lar shaklining turli ma’no ifodalashi nima bilan bog‘liq? 108 Egalik kategoriyasi 236-mashq. Gaplarni o‘qing. Egalik qo‘shimchasini olgan otlarni aniqlab, qo‘shimchaning shaxsi va sonini ayting. 1. Akam chayla yoniga yetganimizda aravani to‘xtatib, eshak ustidan pastga irg‘idi. (O. Husanov) 2. – Ha, xizmating boshingni yesin! – dedi domla. (G‘. G‘ulom) 3. Bobojon, bog‘imizda o‘rik ko‘p-ku, endi qol- ganini ekmay qo‘ya qolaylik, qishloqqa qaytgim kelyapti, enamni sog‘indim. (X. To‘xtaboyev) 4. Tog‘asi Yolqinjonni uzumzorga olib bordi. (N. Maqsudiy) 5. Shokir ota va uning kampiri qizning ko‘nglini ko‘tarishga tirishadilar. (Oybek) 6. Bizning dono bobolarimiz hikmat- larni tuganmas xazinaga o‘xshatishgan. (T. Malik) 7. – Ey, aziz otajo- nim, menga ruxsat bering, savolingizga javob berayin, endi navbat me- niki. (“Ilm afzal” ertagidan) 8. Yo‘lovchi.. yoshlarni birma-bir naza- ridan o‘tkazarkan, atrofga alanglab so‘radi: – Idoralaringiz qayerda, yigitlar? (P. Tursun) 9. Tog‘ning usti daraxtzor ekan, yonidagi soydan esa sharqirab suv oqar ekan. (Z. A’lam) 10. Kuz kelganda uyimizda to‘y bo‘ladi, Qo‘zichog‘im o‘sib katta qo‘y bo‘ladi. (T. Yo‘ldosh) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling