Ona tili va bolalar adabiyoti
-mashq. Gaplarni o‘qing. Otga -lar
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
234-mashq. Gaplarni o‘qing. Otga -lar qo‘shimchasi ortiqcha, noo‘rin qo‘-
shilgan holatlarni topib, qoida asosida izohlang. 1. Anjir O‘zbekistonning hamma viloyatlarida o‘sadi. (K. Mahmu- dov) 2. Yerosti suvlaridan turli maqsadlarda foydalanish uchun jum- huriyat hududida 40825 ta burg‘i qudug‘i qazilgan. («Fan va turmush» jurnalidan) 3. Bu vaqtda avtobus bekatida odamlar ko‘p edi. (“Davr” axborot dasturidan) 4. Musobaqada 1, 2, 4, 5, 9, 10, 11, 15, 31- o‘rta maktablardan 64 nafar sportchilar ishtirok etdilar (“Ma’rifat” gaze- tasidan). 5. Adir va tog‘larda bug‘doyiq va har xil o‘tlar o‘sadigan yaylovlar bor. (“O‘zbekiston geografiyasi” kitobidan) 6. Qaynamagan suvda zararli mikroblar ko‘p bo‘ladi. (Gazetadan) 7. Tovushlar yozuv- da harflar bilan ifodalanadi. (“Ona tili” darsligidan) 8. Otlardan sifatlar yasang. (“Ona tili” darsligidan) 9. Oyning nomlarini fasllarga bo‘lib yozing. (“Ona tili” darsligidan) 10. Chiziqchalar o‘rniga berilgan otlarga xos fe’llar tanlab, gaplar tuzing. (“Ona tili” darsligidan) 11. Davr o‘tishi bilan eskirib qolgan so‘zlar va iboralar umumnutqdan chiqib ketadi: unga yangi so‘zlar va iboralar qo‘shiladi. (“Ona tili” darsligidan) 12. Avval otlarni, keyin sifatlarni, so‘ng fe’llarni ko‘chi- ring. (“Ona tili” darsligidan) 13. Tashuvchi raketalar sun’iy yuldosh- larni, kosmik kemalarni, orbital stansiyalarni, sayyoralararo kosmik 107 kemalarni kosmosga eltadi. (“Gulxan” jurnalidan) 14. Barxanlar qanday hosil bo‘ladi? (“Boshlang‘ich ta’lim jurnalidan) 15. Kampir ko‘ngli bo‘shashib, hasratga tushdi: u yaqinda kelinidan ajralib, beshta go‘dak nevaralar bilan qolibdi, g‘amdan o‘zini oldirib qoyibdi. (G‘ay- ratiy) 16. Javonda o‘quv qurollari: daftarlar, kitoblar, ruchkalar, har xil qalamlar saqlanadi. (“Ona tili” darsligidan) Matbuot, radio, televideniyedan -lar qo‘shimchasi ortiqcha, noo‘rin qo‘llan- gan 15 ta misol topib yozing. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling