Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizning xalqimizga
Savollar:
1. Egalik qo‘shimchasi qanday so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi? 2. Egalik shaklidagi so‘zga bog‘langan so‘z qanday shaklda bo‘ladi? 3. Qaratqich va qaralmish deganda nimani tushunasiz? 4. Qorabuloq qishlog‘i, Botanika bog‘i, o‘zbek xalqi, Orol dengizi, nemis tili kabi birikmalarda tobe so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasini qo‘shib bo‘ladimi? Bunday birikmalarda egalik shaklidagi ot qanday ma’noni ifodalaydi? 243-mashq. Quyida berilgan birikmalarda egalik qo‘shimchasi qanday sintaktik vazifa bajarayotganligini aniqlang. O‘zingiz ham shunday birikmaga 4- 5 ta misol topib, ular ishtirokida gap tuzing. Sochi uzun qiz, tishi o‘tkir arra, bo‘yi baland yigit, shoxi katta sigir, terisi qalin kaltakesak, boshi berk ko‘cha, ko‘ngli toza bola, zehni o‘tkir o‘quvchi, bilagi zo‘r polvon, narxi baland mashina, mehri daryo ustoz, nigohi o‘tkir qush, davosi yo‘q kasallik, suvi issiq buloq. 244-mashq. Gaplarni o‘qing. Nima uchun ayrim gapda qaratqichli kishilik olmoshi qo‘llangani, ayrim gapda qo‘llanmaganini tushuntiring. 1. Kunlardan bir kun ko‘pni ko‘rgan, jahon kezgan og‘aynilarimdan biri uyimga kelib qoldi. (Shukrullo) 2. – Avvalo, mening uyim yo‘q. Undan keyin meni muborakbod qilib turgan tanishlarim ham yo‘q, – dedi Anvar qo‘l siltab. (A. Qodiriy) 3. Mehnatsevar xalqimizning to‘kkan teri, sarflagan mehnati zarra bo‘lsa ham zoye ketmadi. (N. Safarov) 111 4. Buzuqni tuzatish, barbodni obod Bizning xalqimizga bo‘lur muyassar. (G‘. G‘ulom) 5. Umidingni uzma, ko‘nglingni buzma. (Maqol) 6. Sening ko‘ngling, sening umiding bilan kimning nima ishi bor! (P. Tursun) 7. Bosadigan qadamingiz, og‘izdan chiqadigan so‘zingiz boshvog‘i mahkam bo‘lsin. (M. Ismoiliy) 8. Sizning har bir so‘zingiz biz kabi ilm gadolari uchun tilladan afzaldir. (Oybek) 9. Sen bo‘lsang mening asboblarimni har yerga tashlab ketasan. Bunday qilsang men xafa bo‘laman. (M. Ismoiliy) 10. – Yo‘q, yo‘q, bobojon. Sizni xafa qilmay- man. Endi asboblaringizga tegmayman. (M. Ismoiliy) 11. Samimiy oshnoman deb, hamisha aybing istovchi, Tili dilga muvofiq bo‘lmagan ahli riyodan kech! (Habibiy) 12. Birovning aybiga kulmagin zinhor, Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling