Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

249-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan otlarning kelishik shakli va gapdagi vazifasini 
izohlang. 
1. Juvon dasturxonga uchta arpa non, ikki-uch hovuch o‘rik tashladi. 
(A. Qah-hor) 2. Xafa bo‘lmagin-u, ukam, men sendan bunaqa quvlik 
chiqadi, deb hech o‘ylamagandim. (H. Nazir) 3. Bodring – issiqsevar, 


114 
yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik. (Fan va turmush” jurnali-
dan) 4. Hindistonning ajoyib, rang-barang go‘zal gullari sekin barq 
urib o‘sar edi. (Oybek) 5. Ahmad sunbulani – yozning adog‘i, kuzning 
boshlanishini yaxshi ko‘rardi. (F. Musajonov) 6. O‘rmonjon uning 
savoliga javob bermadi. (A. Qahhor) 7. Katta tosh yo‘lga chiqishadi-
yu, shaharga bexatar etib olishadi. (M. Ismoiliy) 8. Bizning Qalan-
darboy kuzda kam-bag‘allarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, 
saroyiga bosib qo‘yadi. (M. Ismoiliy) 8. Ular Olatog‘ bag‘ridagi uylari 
bir-biriga mingashgandek kichkina qishloqda yashardilar. (Sh. Xolmir-
zayev) 9. Ko‘chadan bekinmachoq o‘ynayotgan bolalarning qiy-chuvi 
eshitildi. (M. Ismoiliy) 10. Hozir Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan har 
kim o‘z bilganicha ishlatib, foydalanmoqda. («Fan va turmush» jurna-
lidan) 11. Adabiyot atomdan kuchli, biroq uning kuchini o‘tin yorishga 
sarflamaslik kerak. (A. Qahhor)
Kelishik shaklidagi so‘zlar gapda qanday vazifalarni bajaradi? Har bir keli-
shikning vazifasini izohlang. 
250-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga grammatik qoidaga muvofiq
-ning yoki -ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib turlang. 
1. Yuragingda O‘rinboy ota… o‘giti bor-da. Dadang pok odam. 
Qishloq… avliyosi u. Ishonaman. (Oybek) 2. Tog‘dan esgan shabada 
ayollar… chakka sochlari va boshlaridagi ro‘mollari… betinim yel-
piydi. (P. Tursun) 3. Hovuz… limmo-lim suvi shishaday toza, odam… 
aksi ko‘rinadi. (H. Nazir) 4. Umr… mehnat emas, g‘am yemiradi. 
(Oybek) 5. Tun yarmiga borganda, Boboqul ota… ahvoli yomonlashdi. 
Dam-badam hushi… yo‘qotib, alahlay boshladi. (S. Anorboev)
6. Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyo…,
Yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq. (A. Oripov)
7. Odam… odamga aksi uradi. (A. Qahhor) 7. Baliq… kattaligi… 
ko‘rib, polvon angrayib qoldi. (J. Sharipov) 8. Akam birov… tomi… 
teshib qamalgan emas, yo birov… haqi... yegan emas. (Oybek) 9. Chol 
xo‘rsinib qo‘ydi: – Ha, baxtsizlik, ammo bilib qo‘yingki, dunyoviy ilm 
dushmanlari ma’rifat chirog‘i… o‘chirolmaydilar. (M. Osim) 10. Tabiat 
o‘zi… mangu, buzilmas qonuniga amal qilib, ko‘klam… yetaklab 
kelgan edi. (O‘. Hoshimov) 
 


115 
Qaratqich va tushum kelishigining so‘zlarni bog‘lashdagi farqi nimada? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling