Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 250-mashq.
249-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan otlarning kelishik shakli va gapdagi vazifasini
izohlang. 1. Juvon dasturxonga uchta arpa non, ikki-uch hovuch o‘rik tashladi. (A. Qah-hor) 2. Xafa bo‘lmagin-u, ukam, men sendan bunaqa quvlik chiqadi, deb hech o‘ylamagandim. (H. Nazir) 3. Bodring – issiqsevar, 114 yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik. (“Fan va turmush” jurnali- dan) 4. Hindistonning ajoyib, rang-barang go‘zal gullari sekin barq urib o‘sar edi. (Oybek) 5. Ahmad sunbulani – yozning adog‘i, kuzning boshlanishini yaxshi ko‘rardi. (F. Musajonov) 6. O‘rmonjon uning savoliga javob bermadi. (A. Qahhor) 7. Katta tosh yo‘lga chiqishadi- yu, shaharga bexatar etib olishadi. (M. Ismoiliy) 8. Bizning Qalan- darboy kuzda kam-bag‘allarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qo‘yadi. (M. Ismoiliy) 8. Ular Olatog‘ bag‘ridagi uylari bir-biriga mingashgandek kichkina qishloqda yashardilar. (Sh. Xolmir- zayev) 9. Ko‘chadan bekinmachoq o‘ynayotgan bolalarning qiy-chuvi eshitildi. (M. Ismoiliy) 10. Hozir Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan har kim o‘z bilganicha ishlatib, foydalanmoqda. («Fan va turmush» jurna- lidan) 11. Adabiyot atomdan kuchli, biroq uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak. (A. Qahhor) Kelishik shaklidagi so‘zlar gapda qanday vazifalarni bajaradi? Har bir keli- shikning vazifasini izohlang. 250-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga grammatik qoidaga muvofiq -ning yoki -ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib turlang. 1. Yuragingda O‘rinboy ota… o‘giti bor-da. Dadang pok odam. Qishloq… avliyosi u. Ishonaman. (Oybek) 2. Tog‘dan esgan shabada ayollar… chakka sochlari va boshlaridagi ro‘mollari… betinim yel- piydi. (P. Tursun) 3. Hovuz… limmo-lim suvi shishaday toza, odam… aksi ko‘rinadi. (H. Nazir) 4. Umr… mehnat emas, g‘am yemiradi. (Oybek) 5. Tun yarmiga borganda, Boboqul ota… ahvoli yomonlashdi. Dam-badam hushi… yo‘qotib, alahlay boshladi. (S. Anorboev) 6. Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyo…, Yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq. (A. Oripov) 7. Odam… odamga aksi uradi. (A. Qahhor) 7. Baliq… kattaligi… ko‘rib, polvon angrayib qoldi. (J. Sharipov) 8. Akam birov… tomi… teshib qamalgan emas, yo birov… haqi... yegan emas. (Oybek) 9. Chol xo‘rsinib qo‘ydi: – Ha, baxtsizlik, ammo bilib qo‘yingki, dunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘i… o‘chirolmaydilar. (M. Osim) 10. Tabiat o‘zi… mangu, buzilmas qonuniga amal qilib, ko‘klam… yetaklab kelgan edi. (O‘. Hoshimov) 115 Qaratqich va tushum kelishigining so‘zlarni bog‘lashdagi farqi nimada? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling