Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 268-mashq.
Savollar:
1. Son turkumi deganda qanday so‘zlarni tushunasiz? 2. Son turkumi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? 3. Sonning qanday lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalari bor? 124 4. Son turkumiga mansub so‘z qanday so‘zlarga bog‘lanib keladi? 5. Son gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi? 268-mashq. O‘qing. Sonlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring va ma’no jihatdan turini ayting. 1. Quyoshga ters bir hujrada to‘rt kishi g‘uj bo‘lib, odatdagicha gurunglashib o‘tirishar edi. (Oybek) 2. U ikki qo‘lida uchtadan oltita choynak ko‘tarib, hovuz bo‘yidagi choyxo‘rlar oldiga ketayotgan Sidiqjonni ko‘rib, xuddi ko‘ziga ishonmaganday, turib qoldi. (A. Qah- hor) 3. Tolibjon boyning besh o‘g‘li, uch qizi bor ekan. (Oybek) 4. Qur- bonov cho‘ntagidan yon daftarcha chiqardi: – Bu kishiga o‘ttizta choy- nak, yuzta paxta gulli piyola taqsimchasi bilan. (N. Aminov) 5. Uyda bitta yog‘och cho‘mich bor-u, bitta uchi yeyilib ketgan qora yog‘och qoshiq. (J. Sha-ripov) 6. Yigirma dona non kerak ekan. Narxi qan- chadan? deb darrov so‘rab kel! (A. Qodiriy) 7. Oqburasoy bo‘ylarida ham, Chilmahram tog‘ining etaklaridagi ko‘kalamzorlarda ham yuzlab chodirlar va o‘tovlar paydo bo‘ldi. (P. Qodirov) 8. Sidiqjon yuzlarcha kishi og‘ziga qarab turgan majlisni ko‘z oldiga keltirib, juda katta tashvishga qoldi-yu, dami ichiga tushib ketdi. (A.Qahhor) 9. Ikkala ot bir qiyosda baravar qadam tashlab borar edi. (A. Qahhor) 10. Men sizga aytsam, katta ko‘rmaganni kichik ko‘radi, kichik ko‘rmaganni katta ko‘radi, ikkalasi birlashib qarasa, hech narsa ko‘zdan qochmaydi, deydi xalq. (A. Qahhor) 11. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar, to‘rtov- lon tugal bo‘lsa, unmaganni undirar. (Maqol) 12. Lekin o‘zlari to‘rt og‘a-ini edilar, to‘rtovi ham kal edi, barisi ham hunarli edi. («Ravshan» dostonidan) 13. Muqaddam besh-olti qadam orqada turar, qorong‘ilik- da gavdasi elas-elas ko‘rinardi. (O‘.Hoshimov) 14. Fakultetimiz institut bo‘yicha umumiy ro‘yxatda beshinchi o‘ringa tushib qolibdi. (O‘. Ho- shimov) 15. Xonada o‘ntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. (P.Tursun) 16. Koshki edi sizdagi hofiza quvvatining o‘ndan biri menda bo‘lsa! (M. Osim) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling