133
oching, otajon, qachon sizni ranjitdim, qachon?
(E.
Rahim) 4. Nega o‘rta
asrlarda tabiiy fanlar jahonni hayratga
solarli darajada taraqqiy etib,
Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi allomalar yetishib chiqdi?
(S. Karo-
matov) 5. Toza sharmanda bo‘ldik. Besh-olti
yilga kestirib yuborsa,
seni qanday qilib qutqarib olamiz?
(P. Tursun) 6. Nima uchun devor-
larga gilam qoqmadinglar?
(M. Ismoiliy) 7.
Qanday beda deng, bog‘i
quchoqqa sig‘maydi.
(Oybek)
8. Nima bu, qanday tumor,
Do‘ppi ichra chatilgan?
(G‘. G‘ulom)
9. – O‘ho‘! – dedi Turdiyev deraza ko‘zlarini ko‘rib. – Bularga loyiq
oynani qayerdan topaman.
(I. Rahim) 10. Doyacha kim, aqiqaga nechta
qo‘y kerak, nechanchi kunda to‘y o‘tkaziladir?
(A. Qodiriy) 11. O‘tgan
yillar mobaynida g‘isht orqasidan qancha daromad qilgansiz?
(S. Ah-
mad) 12.
Qizing qani, dedim. «Uyda edi, qayoqqa borardi», dedi. U
yoqni qaradik, bu yoqni qaradik, yo‘q. Shu qorong‘ida qayoqqa boradi?
(Oybek) 13. – Ha, Bo‘taboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinch-
likmi? – Tinchlik, – dedi Bo‘taboy.
(A. Qahhor) 14. – Hay-hay, sizga
nima bo‘ldi ? – dedi Me’mor yugurib borib.
(Mirmuhsin)
Do'stlaringiz bilan baham: