Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. So‘roq olmoshlariga qaysi so‘zlar kiradi? 
2. So‘roq olmoshi vositasida gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turi hosil 
bo‘ladi? 
3. So‘ roq olmoshlari qanday ohang bilan aytiladi? 
285-mashq. Berilgan so‘roq olmoshlarini quyidagi guruhlarga ajrating: 1) in-
songa nisbatan so‘roq, 2) narsa-hodisaga nisbatan so‘roq, 3) belgiga nisbatan 
so‘roq, 4) miqdor va tartibga nisbatan so‘roq, 5) o‘ringa nisbatan so‘roq, 6) paytga
nisbatan so‘roq,
7) sababga nisbatan so‘roq, 8) harakat tarziga nisbatan so‘roq,
9) harakatga nisbatan so‘roq. 
Kim, nima, qayer, qachon, qanday, qancha, nima uchun, qani, qayoq-
qa, nega, nechta, qanaqa, necha, nechanchi, qanday qilib, nima qildi
nima bo‘ldi, qayerda, qayerga, qayerdan, nechun. 
So‘roq olmoshining turlari ishtirokida bittadan gap tuzing. 
286-mashq. Gaplarni o‘qing. Belgilash olmoshlarini topib, ma’nosini izoh-
lang. 


134 
1. Boburning har muhim ishda onasidan maslahat so‘rashi Qosim-
bekka uncha yoqmas edi. (P. Qodirov) 2. Anvar har kim uchun sevimli 
va xushmuomalasi bar-chaga baravar edi. (A. Qodiriy) 3. Bas endi
achchiq ustida har kim har gapni aytadi. (Hamza) 4. Har bir qozoqning 
o‘tovida qimizi, qimroni yoki ayroni doim osig‘liq turadi. (M. Muham-
madjonov) 5. Bilish uchun har qaysi she’rdan bir-ikki xat o‘qib ko‘rish 
kerak edi. (A. Qahhor) 6. Shuning uchun chinorning ziyoratiga atrof-
tevarakdan har yili tumonat odam kelib ketadi. (A. Muxtor) 6. Zokir 
yotig‘i bilan har qancha gapirsa ham, foydasi yo‘qligini sezdi. (P. Qo-
dirov)
7. Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi. (H. Olimjon) 
8. Arabboyning yoshi o‘n yettida, gavdasi ham kattaroq bo‘lgani uchun, 
hamma bolalar unga itoat qilardi. (P. Tursun) 9. Maktabni bitirgach, 
hammamiz har yoqqa tarqashib ketamiz. (P. Tursun)
10. Barcha shodlik senga bo‘lsin.
Bor sitam, zorlik menga. (E. Vohidov) 
11. Elchi hozir o‘z podshohining topshirig‘ini bajarish uchun butun 
ayyorligini ishga solar, tilyog‘lamalik qilib, To‘marisni ko‘klarga ko‘-
tarar edi. (M. Osim) 12. Mahalladagi yigitlarning bari manga ma’lum… 
Bilish mening ishim-da. (Oybek)  


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling