Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 283-mashq.
281-mashq. Berilgan gaplardagi ko‘rsatish olmoshlarini topib, ma’nosi va
vazifasini tushuntiring. 1. Unsin, bu oila qanday? Ketasanmi yo bu yerda qola turasanmi? (Oybek) 2. Mana bu uzumni oling, juda yaxshi pishibdi. (Oybek) 3. Ko‘z yurakning ko‘zgusi bo‘lsa, nutq – boshdagi fikrning mezoni. Buni Elmurod yaxshi bilar edi. (P. Tursun) 4. Qishloq bolasi oyoq- labdiki, shu tepaga tirmashadi, shu tepada o‘ynab o‘sadi. (N.Norqo- bilov) 5. Bu qo‘yni olib borib, sherigi bilan yana bir-ikki oy boqing. (A. Qahhor) 6. Ko‘ksoyni yoqalab taqir chorva yo‘li o‘tgan. Cho‘ponlar bu yo‘ldan bahorda toqqa, kuzda qishloqqa mol haydaydilar. (S. Anor- boyev) 7. O‘simliklar dorivor moddalar manbaidir. Shunday modda- lardan biri gul nektaridir. (“Fan va turmush” turmush jurnalidan) 9. Direktor o‘sha terilar uchun ko‘rgazmaning oltin medalini oldi. (S. Ahmad) 9. – U uyga choy so‘rashsa, Yo‘lchi akangga kelib shipshit, Gulnor qizim! – deb to‘y bekasi Lutfiniso ketdi. (Oybek) 10. Cha- mangda shu qovun necha kilo keladi! Ko‘rsatish olmoshlari nutqda qanday vazifa bajaradi? 132 282-mashq. Berilgan so‘z birikmalari orasida qanday ma’no farqi borligini ay- ting. 1) bu hikoya, shu hikoya, o‘sha hikoya, u hikoya; 2) bu uy, shu uy, o‘sha uy, u uy; 3) bu yigit, shu yigit, o‘sha yigit, u yigit 4) buni bering, shuni bering, o‘shani bering, uni bering. Yuqorida berilgan ko‘rsatish olmoshli so‘z birikmalariga mana, ana, huv ana so‘zlarini qo‘yib o‘qing va yozing. Mana, ana so‘zlarining ma’nosini tushuntiring. 283-mashq. Gaplarni o‘qing. O‘zlik olmoshini topib, ma’nosi, grammatik shakli va gapdagi vazifasini tushuntiring. 1. O‘z uying, o‘lan to‘shaging. (Maqol) 2. Ba’zan kishi bir-biri bilan gaplashib, ko‘nglidagini bo‘shatib tursa, o‘zini yengil sezadi. (P. Tur- sun) 3. Yering bo‘lsa, mehnati ham, rohati ham o‘zingniki bo‘ladi. (Oybek) 4. Hech qayerim jiddiy lat yemagan bo‘lsa ham, o‘zimni yomon his qildim. (O. Mo‘minov) 5. Kumush o‘z xatida yozgandek, darhaqiqat, Zaynab shu keyingi kunlarda yovvosh tortgan. (A. Qodiriy) 5. Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni, Yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq. (A. Oripov) 6. Bilaman, tillarning yomoni yo‘qdir, Har tilning o‘z ko‘rki, ulug‘ligi bor. (Shuhrat) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling