Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/206
Sana21.09.2023
Hajmi2,26 Mb.
#1684038
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Savollar: 
1. Fe’l nisbatlari deganda nima tushuniladi? 
2. O‘zbek tilida fe’lning qanday nisbat shakllari bor? 
3. Aniq nisbat nima? Aniq nisbatdagi fe’l qanday shaklda bo‘ladi? 
4. Orttirma nisbat nima? U qanday yasaladi? 
5. Majhul nisbat nima? U qanday qo‘shimcha bilan hosil bo‘ladi? 
6. O‘zlik nisbat nima? Bu nisbat qanday yasaladi? 
7. Birgalik nisbat nima? U qanday yasaladi? 


140 
8. Siz guruhlarga ajratib yozgan fe’llar qaysi nisbat shaklida? 
295-mashq. Matnni o‘qing. Aniq nisbatdagi fe’llarni aniqlang. 
Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lovullagan quyosh 
nuri koʻm-ko‘k barglar, baxmal sabzalar orasiga to‘kilmoqda. Hamma 
dalada. Bog‘larda ko‘klam taraddudi.
O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq 
uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘l-
ganimdan so‘ng oyim: 
– Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. 
Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. 
Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Abboslarning bog‘iga yaqinlashganimda 
qarshimdan qafas ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib 
qolishdi. (G‘ayratiy) 
296-mashq. Orttirma nisbatdagi fe’llarni aniqlang. Nisbat yasovchi qo‘shim-
chalar tagiga chizing. 
1. Anvar boyagicha kuldi. (A. Qodiriy) 2. Umrida minbarga chiq-
magan Mirvali bangi ham, o‘zicha aytganda, mehrobga so‘zga chiqib, 
so‘zining oxirida hammani kuldiradi. (A. Qodiriy) 3. Jo‘ra boboning 
to‘rig‘i uloqqa jipsroq chopdi. (T. Murod) 4. Andijonda yuz bergan 
vahshatlar xabarini Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib ot 
choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. (P. Qodirov)
5. G‘ulomjon, uzoq yillar og‘ir yotib turgan kasalday, bahor va yoz pal-
lalarini qishloqda istirohat bilan o‘tkazdi. (M. Ismoiliy) 6. Navoiy o‘zi 
tengi keladigan Mirzabekni ichkilikdan qaytarishga, unda she’r va 
musiqiyga havas uyg‘otishga harakat qilardi. (M. Osim) 7. U qayroqi 
bug‘doy unidan yog‘li patir, somsa yopdi, qatlama pishirdi. (I. Rahim) 
8. – Necha marta ko‘rgansan, kelgan kuni ko‘rsatdim-ku, – dedi Erali 
qavat-qavat qilib buklangan xatni serjantga uzatarkan. (I. Rahim)  
9. Obid aka buklama pichog‘ini tarvuzning dumiga shunday tegizishi 
bilan tarvuz yorilib ketdi. (O‘. Umarbekov) 
Orttirma nisbat shakli qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi? 


141 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling