136
U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi.
Men piyoda yo‘lga chiqdim. Yog‘ib turgan qor pardasi ostida uch-to‘rt
g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz
ham bor. Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi.
Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomonida qandaydir sharpa
sezganday bo‘ldim. Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida
ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. Shu
atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga alangladim.
Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Biri
cho‘nqayib olgan, ikkinchisi tikka turgan va meni sergaklanib kuzata-
yotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekan-
ligini tushundim-u, etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘y-
dim. Keyin sal hushimni yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘z-
o‘zidan yurib ketyapti. To‘xtashga ham,
jadallashga ham, avzoyimni
o‘zgartirishga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga
qarab avvalgiday yurib ket-
yapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq solaman. Menga
qarab kelishsa,
shitiri eshitiladi-ku, deyman.
Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men
buni yaxshi bilardim. Shuning uchun
yuragim vahimadan uvushib
ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmagan-
day bir maromda yurib borardim.
(P. Qodirov)
Savollar:
1. Fe’l turkumiga kiruvchi so‘zlarning umumiy ma’nosi nima?
2. Mustaqil va yordamchi fe’l deganda nimani tushunasiz?
3. Tuslanishli va tuslanishsiz fe’l deganda nima tushuniladi?
4. Fe’l qanday shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan o‘zgaradi?
5. Fe’l gapda qanday vazifalarni bajardai?
Do'stlaringiz bilan baham: