Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

291-mashq. Nuqtalar o‘rniga demoq, aytmoq, gapirmoq, so‘zlamoq nutq 
fe’llaridan mosini qo‘yib gaplarni o‘qing. Bu so‘zlarning qo‘llanishidagi farqni 
tushuntiring. 
1. – Naziraxon juda odamshavanda, yaxshi qiz ekan, shu qizni kelin 
qilsak qanday, bo‘larkin, – …di Saodat. (F. Musajonov) 2. Ikki tomon 
tog‘.. – …di Hafiza mashina oynasidan baland tog‘larga ag‘rayib, – 
muncha chiroyli! (Mirmuhsin) 3. – Tariqcha insof bormi sizda! – 


138 
bo‘g‘ilib …di O‘ktam. (Oybek) 4. Gulandom dutorni olib sozlarkan
…di: – Dutor bo‘lmasa, bu zindonda yuragim yorilib o‘lar edim. 
(Oybek) 5. Ona bir navi yashab turganini, qudasi Jo‘ravoy aka uch-to‘rt 
kelib xabar olganini …di. (H. G‘ulom) 6. Oysha xola qalbdan silqib 
chiqqan mehribon bir ohangda …di. (S. Zunnunova) 7. Oz …, ko‘p 
tingla. (Maqol) 8. Nonushta pirovard bo‘lguncha, domla sharq tabobati 
va uning mashhur kishilari to‘g‘risida …di. (A.Qahhor) 8.Qatnashuv-
chilarning ko‘pchiligi, ozmi-ko‘pmi, yaxshimi-yomonmi, ishqilib
…di. (A. Qahhor) 9. Jabborov texnikani yana bir sidra ko‘zdan kechi-
rish uchun besh kun imkoniyat borligini …di. (N. Hayitqulov)
 
O‘timli va o‘timsiz fe’l
292-mashq. Berilgan fe’llarni o‘timli va o‘timsizga ajratib yozing. O‘timli 
fe’llarni tushum kelishigidagi so‘z bilan bog‘lab so‘z birikmasi tuzing. Shu so‘z 
birikmalalaridan ikki-uchtasi ishtirokida gap tuzing. 
Namuna: arralamoq – o‘tinni arralamoq. Bolalar o‘tinni arralayapti. 
 
Arralamoq, uyalmoq, kesmoq, qurimoq, qurmoq, qizarmoq, kel-
moq, olmoq, shamollamoq, o‘qimoq, eshitmoq, ketmoq, yurmoq, qizi-
moq, turmoq, termoq, tortmoq, bo‘yamoq, uchmoq, qiyshaymoq, kul-
moq, ichmoq. 
293-mashq. O‘qing, o‘timli va o‘timsiz fe’llarni aniqlang. Ko‘chirib, o‘timli 
fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantirgan qo‘shimcha tagiga bir to‘g‘ri chiziq, o‘timsiz 
fe’lni o‘timliga aylantirgan qo‘shimcha tagiga to‘lqinli chiziq chizing. 
Yoz, yozildi, uyaltirdi, ko‘rindi, egildi, qizartir, ko‘rin, sindir, o‘chir, 
uzildi, buzildi, pishir, kuldir, charchatdi, o‘ylandi, chayqaldi, kiritdi, isit, 
qurildi, ko‘tarildi, kamaytirdi, bezandi, uxlatdi, bo‘yaldi, tushirdi, yasat-
di, kiyin, teshildi, o‘tkazdi. 


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling