Ona tili va bolalar adabiyoti


Savollar:  1. Qaysi qo‘shimcha o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantiradi?  2. Qaysi qo‘shimcha o‘timli fe’lni o‘timsizga aylantiradi?


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar: 
1. Qaysi qo‘shimcha o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantiradi? 
2. Qaysi qo‘shimcha o‘timli fe’lni o‘timsizga aylantiradi? 
 
 
 
 


139 
Fe’l nisbatlari
294-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarning shakli va ma’nosidagi farqni aniq-
lang. So‘ng fe’llarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing: 
1) harakatning bajaruvchisi ega bo‘lib keladi va harakatni bevosita o‘zi 
bajaradi; 
2) bajaruvchi bu harakatni boshqa birovning buyrug‘i, ta’siri, iltimosi va 
hokazo asosida bajaradi; 
3) harakatning bajaruvchisi noaniq; 
4) bajaruvchi harakatni o‘z ustiga oladi, harakat bajaruvchining o‘ziga qaytadi; 
5) harakat bajaruvchisi bu harakatning bir nechta ishtirokchisidan biri. 
1. Qirmizxon tushayotib, oldingi o‘rindiqdagi tugunni oldi. (N. Ami-
nov) 2. Toshkentdagi Yusufbek hoji to‘dasidan amaliy choralar ko‘r-
satilib yozilgan javob maktubi olindi. (A. Qodiriy) 3. Qutbiddinlar ikki 
kun davomida lojuvard konini o‘rganishdi, o‘n kilogramcha namuna 
olishdi. (S. Karomatov) 4. Mohira oyim har bir hayitda biror oylar ilgari 
eriga aytib, bolalariga kiyimlik oldirar edi. (A. Qodiriy) 5. Sanobarxon 
oyog‘iga paytava o‘rab, mahsisini kiydi. (S. Zunnunova) 6. Abror 
asabiylashib, parishonlanib kiyindi. (O. Muxtorov) 7. Arslon naridan-
beri ovqatlanib, qayta kiyindi-da, stadionga – futbolga ketdi. (Mirmuh-
sin) 8. Qorovulxonada ularga hech kim indamadi, yo‘lakda qo‘llariga 
bittadan karbid fonar olib, boshlariga kaska kiyishdi-da, konga kirib 
ketishdi. (A. Muxtor) 9. Eshitganlar shoirga rahmat aytib, biri to‘n 
kiydirib, biri ot mindiribdi. (Shukrullo) 10. Ikkovimiz ham bir institutda 
o‘qidik. U ham a’lochi edi, – dedi Elmurod. (Shuhrat) 11. Po‘latjon 
akamlar bizni maktabda o‘qitganlar. U kishidan umr bo‘yi qarzdormiz. 
(Mirmuhsin) 12. Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-
jahdi bilan tayyorlangan emas. (P. Qodirov) 13. Nazarov bo‘linmasini 
oshxonaga olib bordi. Qaynoq karam sho‘rva, seryog‘ bo‘tqa va javdari 
non berildi. (H. G‘ulom)

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling