300
-mashq. O‘qing, majhul nisbatdagi fe’llarni topib, ko‘chring, yasalishi va
o‘zlik nisbatdan farqini ayting.
1. “Voy shaytonlar, rosa o‘xshatibdi!”‒ dedi-da, jimgina tomoshaga
berildi. (Oybek) 2. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuq
berildi. (A. Qodiriy) 3. Hovlidagi katta jiyda shoxida yotgan kulankir
xo‘roz uchinchi bor qichqirayotganda, Qutoyoq birdan vovullab, eshik-
ka tashlandi. (A. Muhitdin) 4. Osti taxta pol bo‘lgani holda, polning
ustiga qizil gilam tashlangan, ikki yon devorga ham qizil gilamchalar
qoqilgan edi. (S. Ayniy) 5. Uch yuz gektarcha yerning g‘o‘zasi uchinchi
marta ekildi. Ammo biz ham bo‘sh kelmadik: g‘o‘za quloq ko‘rsatdi
deguncha parvarishlab, yaganalayverdik. (Y. Shamsharov) 6. Yog‘och
uyga yerdan bir qancha baland ko‘tarib taxta terilgan, uning ustiga qa-
nor qoplardan palos to‘shalgan. (I. Rahim) 7. Sadaf xushbo‘y zira solin-
gan shavlani cholga surib qo‘ydi. (Sh. Xolmirzayev) 8. Rosmana javhar-
limu limon mevasini bijg‘itib olinadi. (K.Mahmudov) 9. Olaxo‘ja max-
sum boshiga qo‘qqisdan to‘qmoq bilan urilganday, gangib qoldi.
(P. Tursun) 10. Yigitali qorong‘ida timirskilanib, chapga burilganda,
na’matakning tikanli shoxlari bexosdan yuziga urildi. (D. Nuriy)
11. Xalq taomiliga ko‘ra, choyxonalar hashar yo‘li bilan quriladi.
(O‘. Hoshimov)
301-mashq. Quyidagi fe’llardan o‘zlik va majhul nisbat shaklini hosil qiling,
ikki ustuncha shaklida yozing. Hosil bo‘lgan ikkala nisbat shakllarini qatnashtirib
4 ta gap tuzing.
Namuna: maqtamoq: maqtanmoq – maqtalmoq
Nosir mashinasi bilan maqtandi. Ilg‘or terimchilar maqtaldi.
Bezamoq, kiymoq, ko‘rmoq, surmoq, yopmoq, yashirmoq, bo‘ya-
moq, o‘ramoq, yuvmoq, tortmoq, taramoq, surtmoq.
143
Do'stlaringiz bilan baham: |