Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar 304-mashq.
302-mashq. O‘qing. Birgalik nisbat shaklidagi fe’llarni aniqlab, yasalishi va ma’nosini tushuntiring. 1. Askiyaga juda usta ekan, olamda dard nima, o‘lim nima ekanini butkul unutib, rosa kulishdik. (A. Qahhor) 2. Oldinda yo‘l boshlovchi, keyinda Nazirali bilan kampir balandlikka ko‘tarilishdi. (Oydin) 3. Shuhrat oshpazga sabzi to‘g‘rashdi. 4. Otliqlar qor bosgan qirg‘oq bo‘ylab yarim soatcha kezishdi. (H. G‘ulom) 5. Yigit yalt etib qo‘shni dalaga qaradi. U yerda xotin-xalaj, bola-chaqa chuvullashib, paxta teri- shayotgan edi. (M. Ismoiliy) 6. Ariqlar bo‘yida o‘tlar ko‘karib, chuch- momalar gullabdi, qizchalar, ukam tengi bolalar to‘p-to‘p bo‘lib jag‘jag‘, otquloq uzishyapti, ko‘k beda terishyapti. (X. To‘xtaboev) 7.Tursunboy qanorni ko‘tarishib, mashinasining tumshug‘iga olishdi. So‘ngra himo bilan Alijonning orqasiga qo‘ydi. (H. Nu’mon) 8. Karvon ketidan kelayotgan ikki sarboz orqadan eshitilgan nogahoniy chin- qiriqdan baravar to‘xtashdi. (S. Karomatov) 9. Avaz o‘zib ketmoqchi bo‘ldi. Gulsum undan qolishmadi, baravar, yonma-yon chopishdi. (P. Tursun) 10. Kutib turgan xotinlar, Kumushni ko‘rgan on, bir- birlariga qarashib, lablarini tishlashdi. (A. Qodiriy) Qaysi gaplarda birgalik nisbat shakli “birgalik-ko‘plik”, qaysi gaplarda “bir- galik-yordamlashish” ma’nosini ifodalagan? Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar 304-mashq. O‘qing. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab, ma’nosidagi farqni tushuntiring. Ularni ikki guruhga ajratib yozing va bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalovchi vositalar tagiga chizing. 1. Nafisa yig‘ladi-yalindi, yalindi-yig‘ladi.. Lekin A’zamning be- mehr ko‘ngli yumshamadi. (Shuhrat) 2. Bunday hayot bir qarichlikdan yo‘qchilikka, mehnatga ko‘nikib o‘sgan qizni sira bezdirmaydi. (Oy- bek) 3. Xalqim, moziy o‘tdi, tole ko‘rmading, Pishirding, o‘zingga benasib taom. (A. Oripov) 4. Jinday damimni rostlab olay, uh, haliyam oyog‘imning qaltirog‘i bosilgani yo‘q. (Hamza) 5. Bu safar bank vaqtida pul beribdi. Kassir oylik tarqatyapti. (Sh. Toshmatov) 6. Boltaboy kechki ovqatdan keyin 144 keldi. (A. Qahhor) 7. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichi- dagi tarafdorlarining hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. (P. Qodirov) 8. Akam birovning tomini teshib qamalgan emas, yo birovning haqini yegan emas. (Oybek) 9. Yu- nusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay chidab keldi. (S. Ahmad) 10. Yurt ishiga yaramagan bola qay ishga yaraydi? (S. Ahmad) 11. Kuyovning qayerda ekanini hech kim bil- maydi. Kelin uyga qamalib olgan – na yolvorganga ko‘nadi, na alda- ganga. (A. Qahhor) 12. Kun misday qizib ketgan, faqat adir va soy- lardan kelgan shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib tur- moqda. (H. Nazir) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling