Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Fe’l zamonlari
307-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarning zamonini aniqlang. Zamon ma’no- sini ifodalagan qo‘shimchalarning tagiga chizing. O‘tgan, hozirgi va kelasi za- monni ifodalagan fe’llarni uch guruhga ajratib yozing. 1. Kech soat o‘nga yaqin poyezd jo‘nadi-yu, u derazadan qo‘l silkita- silkita ko‘rinmay ketgan Gavharni ko‘z oldidan ketkazolmay, vokzal- dan sekin chiqdi. (P. Qodirov) 2. Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganlarini ishga solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) 3. Qarshi tomondagi boloxonada Iqbol xolaning sarishta qo‘llari bilan ipga tizilgan marjon-marjon garmdorilar osilib turibdi. (O‘. Hoshimov) 4. Qarshida o‘riklar allaqachon danak qotirib qolgan, bu yoqlarda bo‘lsa, endi gullayapti. (S. Ahmad) 5. Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo‘lgan, bu davrda u turli xil ko‘ri- nishda bo‘lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 6. Imom g‘azab bilan o‘rnidan turib, Safar bo‘zchiga xezlangan edi, uni Samad buqoq ushlab qoldi. (A.Qodiriy) 7. Ariqlar bo‘yida o‘tlar ko‘karib, chuchmomalar gullabdi, qizchalar, ukam tengi bolalar to‘p-to‘p bo‘lib jag‘jag‘, otquloq uzishyapti, ko‘k beda terishyapti. (X. To‘xtaboyev) 8. Qalandarov idoraga kirib ketayotgan edi, eshikdagi kattakon e’lonni 146 ko‘rib to‘xtadi. (A. Qahhor) 9. Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi. (T. Ashurov) 10. Ko‘ksoy o‘zanidan ko‘ta- rilayotgan quyuq tuman archazor ustiga salobat bilan bostirib bormoq- da. (S. Anorboyev) 11.Qip-qizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham qizilga bo‘yab botayotir. (M. Mahmudov) 12. Bir donodan so‘ragan ekanlar: “Kim polvon?” U ikkilanmay: “Farzand dog‘iga chidagan ona!” – degan ekan. (Shuhrat) 13. Yaqin orada dekanatdan ruxsat olib, qishloqqa boraman. (O‘. Hoshimov) 14. Uchqur zamon bilan qalqib, chayqalib, Charx urib boraman girdoblar aro. (E. Vohidov) 15. Hozir Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan har kim o‘z bilganicha ishlatib, foydalanmoqda. (“Fan va turmush” jurnalidan) 16. Alla- qayerda kuyib-pishib bedana sayraydi. (Shuhrat) 17. Jon qizim, eringni izzat qil! Qaynanangni izzat qil! Ertalab salomga chiqayotibsanmi? (A.Qahhor) 18. Ammo tashvishlanmang, tuzalib ketarlar. (O‘.Umar- bekov) 19. Zalning o‘rtasida marmardan ishlangan hovuzcha, zilol suvlar sekin oqadi: tabiiy issiq havoga bir oz orombaxsh salqinlik beradi. (Oybek) 20. Bekitmay qo‘ya qoling. Sizning usta fokuschi ekan- ligingizni hamma biladi. (F. Musajonov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling