Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
323-mashq. Quyida harakat tarzi shakllarining ma’nosi berilgan. Shu ma’no-
larni ifodalovchi harakat tarzi shakllarini yozing. 


154 
1) harakatni bajarigshga kirishish, 2) harakatni bajarishga imkoniyat, 
qobiliyat, 3) harakatning davomli muddatda ora-sira bajarilishi, 4) hara-
katning kutilmaganda sodir bo‘lishi, 5) harakatning tugallanganligi,
6) harakatni sinash maqsadida bajarish, 7) harakatning uzoq davom 
etishi, 8) harakatning oson bajarilishi, 9) harakatning ma’lum mud-
datgacha davom ettirilishi. 
 
To‘liqsiz fe’l
324-mashq. Gaplarni o‘qing. To‘liqsiz fе’llarni topib, ma’nosi va imlosini 
tushuntiring. 
1. Odamxo‘r dеvlarni yuzlab chaqirim joydan ko‘rgan zahoti Burgut-
ning ko‘zlaridagi olov dеvga borib chaqmoq bo‘lib urilar ekan. 2. Hirot-
da hazrat bobom nomiga ham madrasa qurilgan-ku. Hеch bo‘lmasa 
o‘shal madrasaga dafn etsalar bo‘lmasmidi? 3. – Gavharshodbеgim – 
mеning onam ekanini unutmang, amirzoda. 4. – Mеni afu eting, hazrat 
otajon... Qamoqda yotganimda o‘tgan alamlar hali xotiramdan chiqqan 
emas. 5. Elchilar orqali Alouddavlaga shu savol bеrilganda, “Podshoh 
hazratlari bizni ma’zur tutsinlar, inimiz Abulqosim Bobur bilan urush 
harakatlari to‘xtagan emas”, ‒ deb javob berdi. 6. Bu soqchilar tashqi 
ko‘rinishidan bеgimni qo‘riqlab yurgan bo‘lsalar ham, aslida Aloud-
davla tomonidan qo‘yilgan xufiyalar edi. 7. Alouddavla momosining 
Ulug‘bеkka yoki Abulqosim Boburga yon bosishida xavotirda bo‘lgani 
uchun bеgimning har bir qadamini kuzatib turadigan qoʻriqchilar qo‘y-
gan.
Fe’l yasalishi 
325-mashq. Berilgan fe’llarning yasalish asosi va yasovchi qo‘shimchasini 
belgilang. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarning qanday ma’noli fe’l yasayotganligini 
izohlang.
O‘g‘itla, moyla, betonla, jilovla, kishanla, tikla, tekisla, dumaloqla, 
to‘g‘rila, tushovla, shodlanmoq, salomlashmoq, afsuslanmoq, ajablan-
moq, zavqlanmoq, lazzatlanmoq, janjallashmoq, ravshanlashmoq ran-
dala, qaychila, egovla, arrala, chirqillamoq, chirsillamoq, likillamoq, 
guvullamoq, shuvullamoq, mo‘ltillamoq, bezillamoq, yarqiramoq, sir-
qiramoq, mo‘ltiramoq, yaltiramoq, urug‘la, mog‘orla, bolala, chuhla, 


155 
dodla, gumburla, sizla, senla, oshamoq, qonamoq, o‘ynamoq, bo‘sha-
moq, qiynamoq, shildiramoq, jildiramoq, ozaymoq, qoraymoq, toray-
moq, ko‘paymoq, oqarmoq, ko‘karmoq, qisqarmoq, eskirmoq, suvsira-
moq, tuzsiramoq, gumonsiramoq, birikmoq, yo‘liqmoq, kechikmoq
zo‘riqmoq, tinchimoq, boyimoq, changimoq, to‘latmoq, berkitmoq.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling