Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
315-mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatdoshlarni topib, yasalishi, qaysi so‘zga 
bog‘langanligi, sifatga va fe’lga xos xususiyati, gapdagi vazifasini izohlang. 
1. Rayhonlar qad ko‘tarib, hid sochdi, birin-ketin ochilgan rang-
barang gullar ustida kapalaklar qanot qoqa boshladi. (A. Qahhor) 
2.Yigitlar, go‘yo karamzor boshidagi daraxtlarda tinmay sayrayotgan 
bulbulga quloq solayotgandek, jim qolishdi. (P. Tursun) 3. Demak, biz-
ning qilgan ishimiz izsiz ketmaydigan, umrimiz oqar suvdek bekorga 
oqmaydigan bo‘libdi. (P. Tursun) 4. Akatsiya, beda, lipa daraxti guli-
dan yig‘ilgan asal nihoyatda tiniq bo‘ladi. (L. Ikromov) 5. Mamlaka-
timizning turli iqlimiy zonalarida o‘suvchi o‘simliklar turli vaqtlarda 
gullaydi. (Fan va turmush” jurnalidan) 6. Endi, mehmonlar, aybga 
buyurmaysizlar, mening qiladigan ishim, boradigan yerim ko‘p.
(A. Qahhor) 7. Bugun atrofida parvona bo‘layotgan qadrdon jigar-
lariga aytgulik biron gapi yo‘qmi? (S. Ahmad) 8. 1991-yil 31-avgust 


151 
O‘bekistonimiz uchun asrga tatigulik kun bo‘ldi. (S. Barnoyev) 9. Bur-
nigacha berkitib ro‘mol o‘rab olgan Zuhra buvi yelpatak bo‘lib, choy 
taraddudini ko‘rdi. (H. Nazir) 10. Hayotni qiyinchiliklar, muammolar 
oldida yengilmas kishilargina rivojlantira oladilar. (O. Mo‘minov)
9. Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim, 
Topay dedim qirdan izingni. (A. Oripov) 
316-mashq. Berilgan fe’llarga -gan, -kan, -qan qo‘shimchalaridan birini qo‘-
shib, uch guruhga ajratib yozing. Uchala guruhdagi sifatdoshlarning imlosini 
tushuntiring. 
 
Ek, yoz, yot, kes, chop, kir, tik, kechik, boq, sig‘, siq, ol, tug, chiqar, 
ko‘nik, yop, chiq, yog‘, os, chiniq, suz, siniq, taq, og‘, oq, kiy, to‘k. 
 
317-mashq. Berilgan gaplarni namuna asosida sifatdoshli birikmaga aylan-
tiring.
Namuna: Onam tandirga non yopdilar. – Onam tandirda yopgan nonning hidi 
dimogimga urildi. 
1. Shoxlarda o‘riklar hil-hil pishib turibdi. 2. Qishlog‘imiz chekka-
sidan soy oqib o‘tadi. 3. Taniqli shoirlar talabalar bilan uchrashuvga ke-
lishdi. 5. Navro‘z bayrami yurtimizda har yili keng nishonlanadi. 6. Ho-
zirgi kunda texnika va texnologiya jadal rivojlanib bormoqda. 7. Jahl, 
g‘azab, alam, nafrat kabi tuyg‘ular kasallikka olib keladi. 8. Talabalar 
o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling