Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

313-mashq. Gaplarni o‘qing. Harakat nomini topib, yasalishi, ma’nosi otga va 
fe’lga xos belgilarini ayting; gapdagi vazifasini izohlang.
1. Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. (Maqol) 2. Karima 
Oysha opadan dastlab bolalarni sevishni o‘rgandi. (S. Zunnunova)
3. Butun dunyodagi bizga o‘xshash mehnatkashlar bilan bir safda 
urushga qarshi, tinchlik uchun kurashmoq burchimiz. (Oybek) 4. Shun-
dan boshlab Oysuluvning har kuni kunbotarda Ko‘zyoshibuloq tomon-
ga qatnovi boshlandi. (S. Anorboyev) 5. Huzuringizga kelishimning 
bosh sababi shundadir! – dedi Hasanali. (A. Qodiriy) 5. Hayot faqat 
jang, mehnat emas, fikrlashdan ham iborat. (Shukrullo) 6. Til bilmaslik 


150 
birinchi haftalarda ularni qattiq qiynadi. (Oybek) 7. Biz Vatanni 
sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. (X. Davron)
8. Matqovul quduqdan suv tortib turib, bu yoqqa qarab-qarab qo‘yar, 
qulog‘iga yetib kelgan gaplarni eshitmaslikka tirishar edi. (M. Ismo-
iliy) 9. Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi arafasida va mustaqil-
likning dastlabki yillarida til siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
10. Jabr-zulmga qarshi, huquqsizlikka qarshi kurashmoq kerak. (Oy-
bek)
11. Yashagan sayyorangni
Bilmoqlik farz, debdilar. (A. Oripov) 
 
314-mashq. Berilgan gaplardagi fe’l kesimlarni namuna asosida harakat 
nomili birikmaga aylantiring. 
Namuna: Yozuv bundan 4-5 ming yil oldin kashf qilingan. – Yozuvning kashf 
qilinishi insoniyat taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. 
 
1. Yerda fasllar doimiy ravishda almashinib turadi. 2. Yaxshi kay-
fiyat sog‘liqni mustahkamlaydi. 3. Soy shovullab oqyapti. 4. Qayerdadir 
bedana sayrayapti. 5. Hasadgo‘y kishi birovning muvaffaqiyatini 
ko‘rolmaydi. 6. Ba’zi kishilar to‘yda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. 
7. Keyingi yillarda yoshlarimizning kitob o‘qishga qiziqishi ortmoqda. 
8. Nodirjon hech kimning dilini og‘ritmaydi. 9. Yozuv bundan 4-5 ming 
yil oldin kashf qilingan. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling