Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

332-mashq. Bilan, uchun, sari, kabi, singari ko‘makchilari ishtirokida so‘z 
birikmasi, qadar, beri, so‘ng, boshlab, bo‘ylab ko‘makchilari ishtirokida gap tu-
zing. 
 
333-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan ko‘makchilarni -ga, -da, -dan qo‘shim-
chalidan mosi bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Bu gaplarni o‘zaro qiyoslab, 
mazmun farqini izohlang. 
1. Buxoroga poyezd bilan keldik. 2. Navro‘z bayrami uchun katta 
tayyorgarlik ko‘rildi. 3. Bu kitobni ukam uchun oldim. 4. Nodir 
paxtazor orqali o‘tib, katta yo‘lga chiqdi. 5. Nazira yo‘lning cheti bilan 
yurib kelardi. 6. Bu rasm mo‘yqalam bilan chizilgan. 6. Bu yangilikni 
televizor orqali eshitdik. 
Bog‘lovchi 
334-mashq. Gaplarni o‘qing. Bog‘lovchilarni topib, vazifasiga ko‘ra turi va 
nimani bog‘lashga xizmat qilayotganini ayting. 
1. San’atkorda kuch va ishonch, erk va dadillik bo‘lmas ekan, u o‘z 
miqsadiga ershia olmaydi. (F. Musajonov) 2. Havo shu qadar issiq, dim 
ediki, ertalab o‘rilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. (S. Anor-
boyev) 3. – Hay, o‘t yigit, haligi so‘zlaring oltinga arziydi, ammo har 
kimga so‘zlayverma! (Oybek) 4. Malohat diplom yozar, imtihonlarga 
tayyorlanar, shuning uchun tun bilan kunning farqi qolmagan edi.
(H. G‘ulom) 5. Suv o‘tga kor qila boshladi va oradan biror soat o‘tar-
o‘tmas, alanga pasaydi. (H. G‘ulom) 6. Hech narsani oldin olib qo‘yish 
kerak emas, chunki pul bekor band bo‘lib qoladi. (A. Qahhor) 
 
335-mashq. Teng bog‘lovchilarni topib, ma’no turi va nimani bog‘lashga xiz-
mat qilayotganini ayting. 
1. Sabzavot, meva hamda rezavorlarning o‘zbekcha tansiq taomlar 
tayyorlashda ahamiyati kattadir. (K. Mahmudov)
 2. 
Bahor ariq bo‘yiga 
o‘tirib, pomidor, bodring va piyoz yuvdi. (Sh. Rashidov) 3. Sofiyaning 


160 
quloqlari ostida otasining do‘rildoq, ammo erkalovchi ovozi yangra-
gandek bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Quyosh botgan, lekin kun hali yorug‘, 
har yoqqa oqshom sukunati cho‘zilgan. (Oybek) 5. Duduq odamning 
gapirishi qiyin, ammo uning gapini eshitish undan ham qiyin. (F. Mu-
sajonov) 6. Har bir qozoqning o‘tovida qimizi, qimroni yoki ayroni 
doim osig‘liq turadi. (M. Muhammadjonov) 7. Qoraqand mevasi bilan 
chinor po‘stlog‘idan tayyorlangan sharbat ham qandli diabetni davo-
lashda yaxshi vosita ekan. (Fan va turmush” jurnalidan) 8. Ko‘p qa-
vatli binolar goh bulutlar soyasiga qo‘shilib, yo‘q bo‘lib ketadi, goh 
yana quyosh chiqib, olamga issiq-issiq nur sochganda, qaytadan paydo 
bo‘ladi. (P. Qodirov) 9. Yozuvchi bilan rassom qo‘lni qo‘lga berib, 
do‘stona xayrlashishdi. (S. Ahmad) 10. O‘quvchi «biz ko‘pchilikmiz, 
o‘qituvchi hammamizni baravar ko‘rolmaydi», deb o‘ylaydi. Holbuki, 
o‘qituvchi sinfdagi har bir bolaning nima qilayotganini aniq bilib turadi. 
(O‘. Hoshimov) 11. Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choy-
xonada tunab yurdi. (Oybek) 12. Kuchlilik – kurashda yiqitishda emas
balki g‘azabi kelganda, o‘zini bosib olishdadir. (Hadis) 13. Bola big‘il-
lab yig‘lar, Munira esa bunga e’tibor bermasdi. (F. Musajonov)  

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling