Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Undov so‘zlar 339-mashq. O‘qing. Undov so‘zlarni topib, ma’no turini aniqlang va ma’no- sini izohlang. 1. Eh, attang, orzular uchdi havoga. (Y. Qurbon) 2. Eh, maza! Maza! – Popuk sevinchidan quyonday dikong-dikong sakradi. (H. Nazir) 3.Samolyotga yetdik. Ehe, uning vahimasini ko‘ring. (H. Nazir) 4. Bay- bay-bay, husn-u latofatini qarang, behisht qizlaridek, huru g‘ilmonlari- dek. (X. To‘xtaboyev) 5. Bay-bay, bu bolalarning dastidan o‘lib bo‘l- dim; axir bu tosh qurut, jig‘ildonlaringni teshib yuboradi-ku. (Oybek) 163 6. Assalomu alaykum, – dedim ostonadan bir qadam narida turib. (E. Rahimov) 7. Otga juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-e. (A. Qahhor) 8. Rahmat, yuzga kir, uvali-juvali bo‘l, o‘g‘lim. (Oybek) 9. Ajabo, Mavlonqulov bu zahar-zaqqum gaplarga pinak ham buzmadi. (X. Sultonov) 10. Mustafo eshagiga xalacho‘p bosdi: – Xix, jonivor, xix! (M. M. Do‘st) 11. Oh, u damlar!.. eslasam, qalbimni quvonch, ruhimni shodlik quchadi. (J. Jabborov) 12. Bos oldin, tulporim, chu, azamat, chu. (G‘. G‘ulom) 13. Hoy, onasi, suyunchini cho‘z. (E. Rahim) 14. – Xayr, sog‘ bo‘ling, – dedi Saodat Lolaxonni eshikkacha uzatib. (S. Zunnunova) 15. Xudoga ming qatla shukur, ko‘zim ochiq paytda qizginamning to‘yini ko‘radigan bo‘ldim. (A. Qahhor) 15. Ey, bobo, nechuk g‘amnok ko‘rinasiz. (S. Ahmad) 16. Obbo, Qorabotir bo‘lib qolding shekilli. Birovning sevgisiga raxna solishing qoluvdi. (O‘. Ho- shimov) 340-mashq. Berilgan undov so‘zlarni ma’no turiga ko‘ra quyidagi jadavalga joylashtiring. Undov so‘zlarning har bir ma’no turi ishtirokida ikkitadan gap tuzing. Iye, marsh, ofarin, oh, esonmisiz, o, pish-pish, bay-bay, assalomu alaykum, barakalla, tashakkur, hayt, rahmat, beh-beh, shukur, qulluq, barakalla, kisht, uf, uh, ho, allo, o‘h-ho‘, ehe, e, hay-hay, aha, qoyil, hay-hay, chu, aha, bor bo‘ling, eha, o‘, qulluq, mah-mah, marhabo, i, xix, a, omonmisiz, o‘h, marhamat, obbo, iya, he, ura, iye-voy, vodarig‘, esiz, evoh, vah-vah, ajabo, balli, hoy, oy, ay, ey, ma, tss, qani, jim, tek, hormang, pisht, dirr, ish, eh, xuyt, xayr, xo‘p. His-hayajon undovlari Haydash-chaqirish undovlari Rasm-odat undovlari Shaxsga qaratilgan Hayvon- parrandalarga qaratilgan Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling