Ona tili va bolalar adabiyoti
manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi. (X. To‘xtaboyev) 4. Bobom bilan huvullagan hovlida
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi. (X. To‘xtaboyev) 4. Bobom bilan
huvullagan hovlida yana birpas qoldik. (A. Jo‘rayev) 5. Otasi o‘g‘li- ning bu yaxshi ishidan, oliyjanobligidan shodlanib ko‘ziga yosh oldi 166 (Ertakdan) 6. Akam makkapoyalarni o‘roq bilan qo‘zg‘atayotganida chaylaning ichi changib ketdi. (O. Husanov) 347-mashq. Avval bitishuv, keyin boshqaruv, so‘ngra moslashuv usuli bilan birikkan so‘z birikmalarini ko‘chiring. Paxta terish, ko‘chaga chiqish, uzukning ko‘zi, toza suv, o‘roq bilan o‘rmoq, tabiatni asrash, qaynagan suv, birinchi o‘qituvchim, sekin ga- pirmoq, telefon orqali aytmoq, qiziqib tomosha qilmoq, qishloq ko‘cha- lari, kumush qoshiq, to‘kin dasturxon, qovunni so‘ymoq, kuzda pish- moq, shoir bilan uchrashuv, suvning shovullashi, qizg‘in suhbat. 348-mashq. Matnni o‘qing. Moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalarini ko‘chiring. Hokim va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini izohlang. Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepoyon, ko‘m-ko‘k dala ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha cho‘g‘ bo‘lib, go‘za- lar ustida tovlanib ko‘rinadi. Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani ko‘tarib, katta yo‘lning shimol tomonidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan jo‘na- dik. Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. O‘rtog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga olib chiqdim. Bir tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bilan to‘lgan so‘lim bog‘dan sira chiqib ketgimiz kel- mas edi. Oq olma, ko‘ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik, birdan allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofi- ga qaradi. Shu chog‘ bobomning bo‘rsig‘i esimga tushdi. – Nimaning ovozi? – dedi o‘rtog‘im. – Bobomning bo‘rsig‘i-ku! – Rostdanmi? Qayerda? – dedi hayron bo‘lib Murod. – Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab bog‘ etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. (G‘ayratiy) 349-mashq. 1-topshiriq. Matndan bitishuv yo‘li bilan bog‘langan so‘z birik- malarini topib ko‘chiring. Hokim va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini izohlang. 167 Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lovullagan quyosh nuri ko‘m-ko‘k barglar, baxmal sabzalar ustiga to‘kilmoqda. Hamma dalada. Bog‘larda ko‘klam taraddudi. O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘l- ganimdan so‘ng oyim: – Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. (G‘ayratiy) 2-topshiriq.Quyidagi qolipli bitishuvli birikmalarga 2 tadan misol yozing. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling