Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
164 Taqlid so‘zlar 341-mashq. O‘qing. Taqlid so‘zlarni topib, ma’nosi va gapdagi vazifasini izohlang. Tovushga taqlid va holat-ko‘rinishga taqlidni bildiruvchi so‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing. 1. Nafisa uning piyozni g‘arch-g‘urch chaynab, non bilan tushirayot- ganini zavqlanib tomosha qilarkan, so‘zlarining mag‘zini chaqishga urinardi. (A. Muxtor) 2. Darvozaxona yo‘lagida dupur-dupur oyoq sas- lari eshitildi. (S. Nurov) 3. Hasan so‘fi toshga qulog‘ini bosib tingladi. Ancha tinglab yotdi: Duk-duk bor-u.. juda olis. (M. Ismoiliy) 4. Mah- buba yalt etib yuzimga qaradi. (O. Yoqubov) 5. O‘choqda tezak miltillab yonar, qora chovgum biqir-biqir qaynardi. (S. Anorboyev) 6. Polvon- ning kuchi oshib, o‘z raqibini aylantirib chunonam urdiki, u gup etib yerga yiqildi. (J. Sharipov) 7. Qishloq tinchligini buzgan bu yakka ot tuyoqlarining taraq-turuqi, taqalarning toshlarga urilishidan chiqqan yalt-yult chaqmoq dam o‘tmay uzoqlashdi. (S. Anorboyev) 7. Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi. (Oybek) 8. Chol qult etib yu- tindi. O‘ychan ko‘zlarini nayga qadab, tikilib qoldi. (O‘.Hoshimov) 9. Ko‘kni bulut qoplagan, milt etgan yulduz yo‘q edi. (I. Rahim) 10. Sidiqjon shunday qattiq kuldiki, burchakda kulcha bo‘lib yotgan mushuk shoshib o‘rnidan turdi va Sidiqjonga qarab, «miyov» dedi. (A. Qahhor) 11. Aloqachi ham og‘ziga turshak solib shimib o‘tirar, danagini qasir-qasir chaqar, mag‘zini yerdi. (M. Muhamedov) 342-mashq. Gaplardagi taqlid so‘zlarni taqlid so‘zdan yasalgan fe’lning ravishdosh shakli bilan almashtiring. Taqlid so‘z va ravishdoshning ma’no munosabatini izohlang. Namuna: Doshqozonda sumalak biqir-biqir qaynayapti. – Doshqozonda sumalak biqirlab qaynayapti. 1. Doshqozonda sumalak biqir-biqir qaynayapti. 2. Soyning suvi shar-shar oqardi. 3. Nodir turpni kurs-kurs chaynadi. 4. Askarlar gurs- gurs qadam tashlab o‘tib ketdi. 5. Shamol g‘uv-g‘uv esardi. 6. Suvning shildir-shildir oqishi kishiga orom bag‘ishlardi. 343-mashq. Berilgan taqlid so‘zlardan qo‘shimcha yordamida fe’l yasang. Taqlid so‘zdan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni ajrating. Namuna: gumbur-gumbur – gumburlamoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling