Jabborova Marjona son testi


Download 22.32 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1640292
Bog'liq
Son so\'z turkumi


Jabborova Marjona
SON TESTI

  1. Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilmoqda?

Bir qultum suvga zor bo’lib…
A) butunning bo’lagi B) og’irlik o’lchovi
C) masofa D) predmetni yakkalab hisoblash
2. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. Shu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini belgilang.
A) kesim B) ega C) to’ldiruvchi D) hol E) aniqlovchi
3. Qaysi qatorda sonlarni yozishda imlo xatoga yo’l qo’yilgan?
A) bitta, ikkita B) uchchala, to’rttala
C) besh-o’n, ellik-oltmishtacha D) uchdan bir, beshdan uch
4. Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak. Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng?
A) yuz B) ming C) o’n ming D) yuz ming
5. –ala qo’shimchasi qaysi sonlarga qo’shilib kelishi mumkin?
A) yetti, to’qqiz, o’ttiz B) o’n besh, qirq, ellik
C) besh, olti, ikki D) bir, sakkiz, uch
6. Quyidagi gapda bir so’zning qaysi ma’nosi ifodalangan?
Qonun oldida hamma bir.
A) miqdor B) noaniqlik C) marta ma’nosi D) teng
7. Qanday sonlar jamlovchi sonlar yasalganda, tovush tushishi hosil bo’ladi?
A) ikki, uch, olti B) ikki, to’rt, yetti C) ikki, olti, yetti
D) ikki, besh, olti, yetti E) ikki, uch, olti
8. Olti so’zidan sonlarning ma’no va Grammatik turlaridan qay birini hosil qilishda tovush tushishi yuz beradi?
A) miqdor B) chama C) tartib D) jamlovchi
9. Taqsim son qanday hosil bo’ladi?
A) hisob so’zlardan keyin –dan qo’shimchasini keltirish orqali
B) ikki sonni juftlash orqali
C) dona sonni takrorlash orqali
D) A,C
10. Affiksatsiya qaysi turkum uchun xos emasligini aniqlang.
A) ot B) sifat C) son D) fe’l
11. Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan?
A) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi.
B) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
C) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor.
D) Ikkovimiz ham pastga tushdik.
E) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi.
12. Tartib son yo’q qatorni toping.
A) Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi.
B) Ukam beshinchi sinfda o’qiydi.
C) Yetinchilar shanbalikka chiqdilar.
D) Beshinchi, oldinga chiqing.
E) O’quv yilining III choragi ham boshlandi .
13. Qaysi qatordagi so’zlar tarixan ikki so’zdan iborat bo’lgan?
A) so’roq, talon B) sakson, to’qson
C) tarqoq, ishqor D) chanqoq, pishloq E) qishloq, taroq
14. U o’z vazifasini bir bajardi qo’yaverasiz. Yuqoridagi gapda bir so’zi qanday ma’noni ifodalayapti?
A) ma’no kuchaytirish B) noaniqlik C) birgalik D) miqdor
15.Qaysi sonlarga –lan qo’shimchasini qo’shish bilan so’z yasash mumkin?
A) ikki B) yuz C) uch D) A,B E) A,B,C
16. Biz doimo musobaqada birinchi, siz ikkinchi. Berilgan gapdagi sonning turini va sintaktik vazifasini aniqlang.
A) tartib son, hol B) tartib son, kesim
C) miqdor son, kesim D) sanoq son, kesim
17. Yigirma so’zidan sonning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi?
A) dona B) tartib C) chama D) jamlovchi
18. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Majlisga besh-olti ota-ona keldi.
B) Karima to’rt-besh yil sabr qildi.
C) Yigirmanchida oxirgi imtihon bo’ldi.
D) O’n beshinchi kuni hovlimizga ko’chat ekkan edik.
E) Soat uchdan olti-yetti minutlar o’tganda shu hodisa ro’y bergan edi.
19. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo’shimchalarning qaysilari hamma sonlarga qo’shila olmaydi?
1. –ta; 2. –tacha; 3. –ov; 4. –ala; 5. –lar; 6. –larcha; 7. –lab; 8. –inchi;
A) 3,4,6,7 B) 3 va 4 C) 2,3,4,5,6,7 D) 3,4,7
20. Hisob so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi?
A) son, sanoq sonlar B) sifatlar, asosan yasama sifat
C) gumon olmoshlari bilan D) otlar bilan
21. Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun –ta qo’shimchasi o’rnida ishtirok etadigan so’zlarni toping.
A) qayta, marta, tup B) bosh, tup, bora
C) dona, marta, daf’a D) nafar, tup, bosh
22.Ma’no jihatidan jamlovchi sonlar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarga yaqin bo‘ladi?
A) olmoshlarga
B) sifatlarga
C) otlarga
D) ravishlarga
23.Ma’no vazifasiga ko‘ra tartib sonlar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarga yaqin turadi?
A) otlarga
B) olmoshlarga
C) sifatlarga
D) ravishlarga
24.O‘lchov so‘zi ishtirok etgan gapni toping.
A) Hosilning sakson foizi birinchi navga qabul qilindi.
B) Yettovlon bir oromgohda dam oldik.
C) Uzoqdan birovning qorasi ko‘rindi.
D) Qizlar hash-pash deguncha uch etakdan paxta terishdi.
25.Qo‘shma sonlar qanday yoziladi?
A) doim qo‘shib
B) doim ajratib
C) sonlar qo‘shma bo‘lmaydi
D) chiziqcha bilan
26.Yigirmata so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yilgan?
A) 1 ga
B) 2 ga
C) 3 ga
D) 4 ga
27.Son turini hosil qiluvchi qaysi shakl eski tilimiz uchun xos?
A) -tacha
B) -ov
C) -ovlon
D) -ala
28.Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so‘zi gumon olmoshi ma’nosini ifodalaydi?
A) Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti.
B) Darsga bir Karim kelmadi.
C) Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir.
D) Ertaga bir dam olsam deyman.
29.Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so‘zi ---faqat--- (yuklama.) ma’nosini bildirgan?
A) Bir yomg‘ir yog‘di, aslo qo‘yaver.
B) Bugun bir charchadim.
C) Vazifani bir men bajarmadim, xolos.
D0 Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir.
30.Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so‘zi ayiruv bog‘lovchisi vazifasida kelgan?
A) Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti.
B) Bir yomg‘ir yog‘di, bir yomg‘ir yog‘di aslo qo‘yaver.
C) Quyosh bir ko‘rinadi, bir bulutlar orasiga yashirinadi.
D) Darsga bir Nodir kelmadi.
31.Qaysi so‘zlardan qo‘shimchalar qo‘shib jamlovchi sonlar yasalganda u fonetik yozuv qoidasiga bilan yoziladi?
A) ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti
B) ikki, uch, to‘rt, besh
C) ikki, olti, yetti
D) uch, to‘rt, besh
32. Songa sonning ma‟no turini hosil qiluvchi qo'shimchalar qo'shilganda tovush o'zgarishlarining qaysi turi hosil bo'ladi?
A) tovush orttirilishi va tushi-shi
B) tovush tushishi va almashishi
C) tovush ikkilanishi, almashishi va tushishi
D) tovush orttilishi, almashishi va tushishi
33. Qaysi javobda og'irlik o'lchovi berilmagan?
A)misqol, paysa B) botmon, dahsar C) sarjin, pud D) tosh, gaz
34. O`nta olma, ikkinchi sinf, beshovlon, uchta kitoblar.Berilgan birliklardan nechtasida o`zbek tilining adabiy me`yorning buzilishi bor?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) me`yor buzilishi yo`q
35. Chama son qo‟shimchasini aniqlang 1) – ov; 2) –ta; 3) –tacha; 4) – tadan; 5) –lab; 6) – ala; 7) – larcha.
A) barchasi B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 6, 7 D) 3, 5, 7
36. Qaysi son narsalarning ketma- ketlik tartibini bildiradi?
A) barcha sonlar B) miqdor son C) sanoq son D) tartib son
37. Tartib sondan keyin qaysi holatda chiziqcha qo‟yiladi?
A) Rim raqami-dan keyin B) harfda yozilsa
C) arab raqamidan keyin D) har qanday holatda
38. U hovliga bir-bir kirib uy ichini birma-bir tekshirib chiqqanidan bir charchadi,ikkinchi boshqa kelmaydigan bo`ldi.Gapda nechta sonning ma`no turi bor?
A) 1 B) 2 C) 3 D) gapda son yo`q
39. Jamlovchi sonlar sanoq songa –ov, -ala, - ovlon qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil bo`ladi.Shu qo`shimchalarning qaysi biri sonlarning eski shaklini hosil qiladi?
A) –ov B) –ala C) – ovlon D) barchasi
Olmosh test
40. Qaysi qatorda hisob so‟z mavjud?
A) bir savat non B) o’n chelak suv C) o’n metr atlas D) A, B, C
41) Ilmiy axborot uchun qancha vaqt ajratiladi?
a) 10-15 minut
b) 10-20 minut
c) 8-9 minut
d) 5-7 minut

42) “Tezis”so‘zining ma’nosi nima va uning matni hajmi qanchagacha bo‘ladi?


a)grekcha so‘z, tasdiqlayman,2 betgacha
b) forscha so‘z, ma’lum kilaman, 4 betgacha
c) ruscha so‘z, axborot, 3 betgacha
d) farangcha so‘z, xabar beraman, 2 betgacha
43) «Taqriz» qaysi tilning atamasi va u qanday ma’nolarni beradi?
a) Arabcha so‘z, «bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlash» ma’nolarini beradi
b) Tojikcha so‘z, «asarning qimmatini belgilash»;
c) Forscha so‘z, «asarni tahlil etish»;
d) Forscha - tojikcha so‘z, «asarning o‘rnini aniqlash»;

44) Referatda yagona fikr xukmronlik qiladimi yoki fikrlar majmui beriladimi?


a) Fikrlar majmui beriladi
b) Kamida 5 ta fikr aytiladi
c) Yagona fikr hukmronlik qiladi va u to‘liq isbot etiladi
d) Fakatgina tanqidiy fikr beriladi

45) «Referat» qaysi tilning atamasi va u qanday ma’nolarni beradi?


a) Arabcha so‘z, «bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlash» ma’nolarini beradi.
b) lotincha so‘z, «ma’ruza qilaman, ma’lum qilaman»
c) Forscha so‘z, «asarni tahlil etish»;
d) Forscha - tojikcha so‘z, «asarning o‘rnini aniqlash»;

46) Izohli lug‘at – bu alifbo tartibda qurilgan butun bir dunyo… Barcha kitoblar lug‘atda joylashtirilganday… Faqat ularni ajratib ola bilish lozim.


Lug‘atlar haqida aytilgan ushbu jumlalar muallifi kim?

a) Eriyest Renan


b) Anotol Frans
C) V.I. Dal
d) Emil Zolya

47) Birinchi bo‘lib “izoh” atamasi qaysi lug‘atshunos olim lug‘atida qo‘llanilgan?


a) V.I. Dal


b) Emil Zolya
c) Eriyest Renan
d) Karl Linney

48) XVII asrning yarmiga kelib Yevropada lug‘atlarga munosabat o‘zgarishining sabablarini belgilang.


a) Fanlar Akademiyasi, bilimlar Akademiyasi tuzila boshlaganligi


b) Ayrim matnlarda uchragan qiyin so‘z va so‘z birikmalarini izohlashga urinish
c) O‘z ona tillarini bilishga bo‘lgan qiziqish
d) barcha javoblar to‘g‘ri

49. Fransuz akademiyasi qachon va kim tomonidan tuzilgan?


a) 1582-yil, V.I.Dal tomonidan


b) 1712-yil, Karl Linney
c) 1635-yil Kardinal Rеshеl’е
d) To‘g‘ri javob yo‘q

50. Ispan akademiyasida nashr etilgan lug‘atni belgilang.


A “E’tiborlilar lug‘ati”


b) “Izohli lug‘at”
c) “Chet tilidan kirgan so‘zlar lug‘ati”
d) “Chastotali lug‘at”
Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling