Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

YORDAMCHI SO‘ZLAR 
 
330-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni vazifasiga ko‘ra quyidagi jadvalga 
joylashtiring.
1. Ilm amal bilan sharofatlidir. (G‘. G‘ulom) 2. Ba’zi ota-onalar 
bolalarini ayagan bo‘ladilar-da, ularni hayot uchun yaroqsiz, jismoniy 
zaif qilib qo‘yayotganlarini bilmay qoladilar. (S. Zunnunova) 3. – Choy 
damlab kelaymi, chanqagandirsiz? (S. Nurov) 4. O‘qituvchiga kibr-u 
havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat 
oladi. (R. Usmonov) 5. Chumchuqlar daraxt shoxlarida yozdagi kabi 
bazm qurishgan. (A. Obidjon) 6. Safarov ularni kuzatib qaytdi va ariza-
larni birma-bir ko‘zdan kechirdi (A. Qahhor) 7. Hatto ota-onasidan 
ham sir saqlagan bir yigitning o‘z o‘g‘lim bo‘lib chiqqani menga qiziq 
ko‘rinadir. (A. Qodiriy) 8. Yo‘lchi birinchi kun bozorni aylana-aylana, 
kechga qadar uch-to‘rt yerga yuk orqaladi. (Oybek) 9. Yomg‘ir betinim 
yog‘ar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek ko‘zga ilinmas edi. 
(P. Tursun) 10. Otaxon, deyman, o‘yinga usta ekansiz-ku. (A. Qahhor) 
11. Nahot endi hammasiga sen javob bersang,
Axir o‘zing pokdomonmi, shuning o‘zi bas. (A. Oripov) 
 


158 
Tobe so‘zni hokim so‘zga 
bog‘lashga xizmat qiladi 
Uyushiq bo‘lak va sodda 
gaplarni bog‘lashga xiz-
mat qiladi 
So‘z va gapga qo‘shim-
cha ma’no beradi 
Ko‘makchi 
Bog‘lovchi 
Yuklama 
 
 
 
 
 
Ko‘makchi 
331-mashq. Ko‘makchilarni topib, ma’nosi va qaysi so‘zni qaysi so‘zga 
bog‘layotganini izohlang. 
 
1. Bu asboblarni o‘zlari ishlatadilar. Ketmon bilan yer chopadilar. 
Belkurak bilan daraxtlarning tagini yumshatadilar. (M. Ismoiliy) 2. Taq-
dir taqozosi bilan Akmal shaharda yashab qoldi. (M. Hazratqulov)
3. To‘y arafasida kuni bilan qor yogdi, shunday elab yog‘diki, ko‘zlarni 
ochirmay qo‘ydi. (M. Ismoiliy) 4. Qishloqning o‘rtasidan shiddat bilan 
oqayotgan soy tinimsiz shovullaydi. (T. Rasulov) 5. Nishonboy birga 
ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada o‘tirardi. (T. Ashurov) 6. Kuy 
boshlanib, raqqosa o‘yinga tushishi bilan atrof jimjit bo‘lib qoladi. 
Hamma o‘tirgan joyida tebranardi. (T. Obidov) 7. Qo‘mondonning 
buyrug‘i bilan uchala o‘g‘ildan bir ekipaj tashkil etilibdi. (I. Rahim)
8. Qamalgan tutun juda sekin tarqalmoqda edi. Yo‘lchi nafasini rostlash 
uchun eshikka chiqdi. (Oybek) 9. To‘y uchun kuyov tomonidan o‘n 
besh arava yuk yuborilgan. Har bir aravada boshqa-boshqa mollar va 
buyumlar. (Oybek) 10. Yo‘lda qattiq toliqqanligi uchun durust ovqat 
ham yemadi. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‘rt piyola 
choy ichdi. (P. Qodirov) 11. Onam meni ish uchun tuqqan emas. 
(Oybek) 12. Oliy nav un ugra, lag‘mon, manti kabi taomlar uchun qo‘l 
keladi. (K. Mahmudov) 13. Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, to‘-
siqlarni yengib o‘tish, intilish borligi uchun ham qiziq, lazzatli. (S.Nu-
rov) 14. Kampir derazadan mehmonxona tomonga qarab qo‘ydi.. 
Gulday toza, topar-tutari yaxshi, obro‘yi baland. (S. Nurov) 15.Tezlikda 
Samarqandga – Ulug‘bek mirzoga choparlar orqali noma jo‘natildi. 
(Mirmuhsin) 16. Mayin esayotgan shamol uning betidan marvarid do-
nalari singari tizilib yotgan terlarni yalab ketdi. (N. Safarov) 17. Tun 
sovug‘i bilan qotgan loy oyoq ostida, siniq shisha parchasi kabi, qirs-
qirs ushaladi. (Oybek)18. Umarali bir parcha sur go‘shtni to‘g‘ramcha 


159 
qilib, masalliqning ustiga qo‘ydi-da, oshxonaga qarab ketdi. (Oybek) 
19. Ammo yozuvchi haqida, uning kitobi haqida kimki o‘ylab, xoli-
sanillo fikr aytmasa, sharmanda bo‘lishi turgan gap ekan. (Shukrullo) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling