Ona tili va bolalar adabiyoti
Fe’lning harakat tarzi shakllari
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Fe’lning harakat tarzi shakllari 320-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Olmoq, tashlamoq va boshlamoq fe’li gaplarga qanday qo‘shimcha ma’no berayotganligi va fe’lning qaysi shakli bilan birikib kelayotganini ayting. 1. Nodir masalani yechdi. – Nodir masalani yecha oldi. – Nodir masalani yechib tashladi. 2. Sobir to‘nkani yordi. – Sobir to‘nkani yora oldi. – Sobir to‘nkani yorib tashladi. 3. Bolalar yerni ag‘dardi. – Bolalar yerni ag‘dara boshladi. – Bolalar yerni ag‘darib tashladi. 4. Ustalar devorni tikladi. – Ustalar devorni tiklay boshladi. – Ustalar devorni tiklab tashladi. 5. Kombayn bug‘doyni o‘rdi. – Kombayn bug‘doyni o‘ra boshladi. – Kombayn bug‘doyni o‘rib tashladi. Savollar: 1. Fe’lning harakat tarzi shakllari daeganda nimani tushunasiz? 2. Harakat tarzi shakllari qanday yasaladi? 3. Yetakchi fe’l nima? 4. Ko‘makchi fe’l nima? 321-mashq. Quyida berilgan fe’llardan turmoq, qolmoq, ko‘rmoq, bermoq, yurmoq ko‘makchi fe’llari yordamida harakat tarzi shakllari hosil qiling va bu 153 shakllar ishtirokida gap tuzing. Mazkur yordamchi fe’llar yetakchi fe’lga qanday ma’no qo‘shishini aniqlang. Namuna: o‘qimoq – oqib turmoq – Nafisa “Boshlang‘ich ta’lim” jurnalini o‘qib turadi. O‘qimoq, chiqmoq, aytmoq, sezmoq. 322-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’lning harakat tarzi shakllarini topib, yasalishi va ma’nosini izohlang. 1. Dalalarda kech kuzning achchiq shamoli esa boshladi. (S. Ahmad) 2. Axir necha yuz bet keladigan asarni kecha-kunduz uxlamay, ko‘z nurini to‘kib, qo‘lda yozib chiqishning o‘zi ham mehnatga kirmaydimi? (Shukrullo) 3. Tomorqa etagidagi devorning omochli traktor kirgudek joyi buzib tashlangan edi. (A. Obidov) 4. Qarshi bobo har qancha hur- matga arziydi. Agar biron kun uyda qamalib yotsa, dalani sog‘inib qoladi. (A. Ko‘chimov) 5. So‘fiylikning amaliyotiga ko‘ra, barkamol inson o‘z nafsini tiya oladigan, akl-zakovatni har qanday hissiyotdan ustun qo‘ya oladigan, qalbi yaxshilik, ezgulik bilan to‘la kishidir. (“Fal- safa” kitobidan) 6. Dilshod kechqurun chiroq atrofini o‘rab oladigan parvonalarga ham hayron bo‘lib boqardi. (S. Zunnunova) 7. Otam o‘y- lanib qoldi. Soqolini barmoqlari bilan taradi. (Oydin) 8. – Naykamalak! – dedi Anorxon osmonga ko‘zi tushib. Sevinganidan qarsak chalib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. (I. Rahim) 9. Tasodifni qarangki, Muhiddin Soliyaxonga duch kelib qoldi. (R. Fayziy) 10. Yuk vagonlari qasir-qusur qilib, u yoqdan bu yoqqa o‘tib turibdi. (S. Ahmad) 11. Dadam suvog‘i ko‘chgan devorlarga, eski shkaf, oyog‘i maymoq stullarga bir qarab qo‘ydi. (S. Siyoyev) 12. Kecha ishchilar GES poydevoriga beton quyib, stantsiya devorini tiklab bo‘ldilar. (S. Ah- mad) 13. Qolganlardan bir qismi soyning o‘rtasiga yetmasdan qaytish- ga majbur bo‘ldi. Ikki kishi oqib ketayozdi. (A.Qahhor) 14. Kela-kel- guncha mashinada o‘tiraverib, beli qotib ketgan Hojimurod u yoq-bu yoqqa yurib, chigilini yozmoqchi bo‘ldi. (S. Ahmad) 15. Bodom daraxti yer tanlamaydi, toshloq, qumloq joylarda ham o‘saveradi. 16. G‘afur akaning: – Qochadigan odam yo‘q, kelavering, – degan hazilnamo chaqirig‘i eshitildi. (Shukrullo) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling