152
oyisining yoniga bordi.
(S. Ahmad) 7. Men go‘sht-yog‘ni tashib bo‘lib,
hovlining to‘riga o‘rik tergani bordim.
(M. Ismoiliy) 8. Non yasab bo‘l-
guncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim.
(Oybek)
319-mashq. Berilgan gap juftlaridan kengaygan ravishdosh birikmali bitta gap
tuzing.
Namuna:
Quyosh botdi. Atrofga qorong‘ilik cho‘kdi. – Quyosh botib, atrofga
qorong‘ilik cho‘kdi.
1. Bahor keldi. Dehqonlar dala ishlarini boshlab yubordi. 2. Ovqat
suzildi. Butun oila dasurxon atrofiga yig‘ildi. 3.
Xizmatchilar ilonni
tutdi va qafasiga qamadi. 4. Hozir kitob bosish uchun harflar kompyu-
terda teriladi. Ungacha bosmaxonada harflar qo‘lda terilgan. 5. Palov-
ning zirvagi tayyor bo‘ldi. Oshpaz qozonga guruchni soldi. 6. Sen
ko‘chatlarni olib kel. Ungacha men chuqurchalarni kovlab qo‘yaman.
7. Yoyilgan o‘rik quridi. Onam uni qopga soldilar. 8. Nasiba o‘qishni
bitirdi. So‘ng o‘z qishlogiga qaytdi va u yerda o‘qituvchilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: