Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Fe’lda shaxs-son 
309-mashq. Matnni o‘qing. Tuslangan fe’llarni topib ko‘chiring. Tuslovchi 
qo‘shimchalar tagiga chizing va shaxs-sonini izohlang. Shaxs-son qo‘shimchalari 
fe’lning qanday shakliga qo‘shilganini aniqlang. 
 
O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq 
uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib 
bo‘lganimdan so‘ng oyim: 
– Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. 
Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. 
Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Abboslarning bog‘iga yaqinlashganimda 
qarshimdan qafas ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib 
qolishdi.
– Yur, qush ovlaymiz! – dedi gerdayib, o‘zini ovchilarday ko‘rsatib 
Mahkam. – Qarqunoq bolasini olib beraman! – qo‘limdan tortdi Xoltoy. 
– Bobomning oldilariga borishim kerak, – dedim qo‘limdagi 
narsalarni ko‘rsatib. 
– Bo‘lmasa tezroq kel! – dedi Sharif. – Katta terakzorda seni kutamiz. 
Men ulardan arang ajralib yo‘lga tushdim. Anchagina kech qoldim. 
Yuragim po‘killay boshladi. 
– Assalomu alaykum! – dedim. Bobom daraxtni payvand qilish bilan 
ovora ekanlar. 


148 
Salom bergan edim, bobom kulib: – Vaalaykum assalom, terlab 
ketibsan, bolam, chopdingmi? – dedilar. – Bobomning qorni ochib 
qoldi, deb o‘ylagansan-da. Bekor shoshibsan. Jamoa xo‘jaligi idorasiga 
borganimda ovqatlanib olgan edim.
– Bobomning bu gapidan juda xursand bo‘lib ketdim. Qoʻlimdagi 
narsalarni bir chekkaga qo‘yib bobomga yordamlashdim. Daraxt 
shoxlarini bir joyga to‘plab bog‘ladim. 
Payvand qilingan butoqlarga loy chapladim. Bobom payvand qilar 
ekanlar: 
– Ko‘zing pishsin, o‘rganganing foyda, bolam! – deb qo‘yar edilar… 
Uyga ertaroq qaytdik. Men mayda-chuyda narsalarni ko‘tarib olgan 
edim… Qulogimga yig‘i ovozi eshitildi. 
– Bobo, – dedim, – siz ham eshityapsizmi, birov yig‘layapti. 
Bobom hayron bo‘lib, atrofga alangladilar. 
– Yugur, xabar ol-chi!
Chopib borib qarasam, o‘rtogim Mahkam ingrab yotibdi. Hamma 
yog‘i tirnalgan. Yuz-ko‘zi qon. (G‘ayratiy) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling