Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Fe’l mayllari 305-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’l kesimlarning qaysi mayl shaklida ekanligi va ma’nosini tushuntiring. Aniqlik, buyruq-istak va shart-istak maylidagi fe’llarni alohida-alohida yozing. 1. Onasi tandir oldida qo‘liga yengcha kiyib, loladek qip-qizil kulcha betiga suv sepyapti. (S. Ahmad) 2. – Gapir, – dedi Dildor. (S. Ahmad) 3. Sidiqjon bo‘sag‘adan bir qadam ichkarida cho‘nqaydi-da, bolani yer- ga qo‘yib, onasiga yo‘lladi. (A. Qahhor) 3. Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi. (T. Ashurov) 4. Buni Kenjaga bering. Ichidan yaroqlisini ajratib bersin. (A. Qahhor) 5. Kech deganda, martning birinchi yarmida chigitni ekib olsak, marra bizniki. (N. Safa- rov) 6. Ishqilib Tursunboyginamga ham xudo insof bersin-da. (S. Ah- mad) 7. Gorchakovo stansiyasiga Toshkent tarafdan kechasi soat uch yarimda keladigan passajir poyezdi endi kuniga uch-to‘rt mahal o‘tadi. (S. Ahmad) 8. Qani endi birov loaqal bitta pichoq charxlatsa. (A. Qah- hor) 9. Shunaqa qimmatidan olmasdan, gazmol olib kelsangiz-ku, bir xil qilib tikib berardim. (R. Fayziy) 10. Ilohim, baxtli bo‘l! Onangga, otangga rahmat, senga ish o‘rgatishibdi. (Oybek) 11. Endi darsni ham boshqa joyda tayyorlasak. (A. Qahhor) 12. Men boray. Ertaga zo‘r ish bo‘ladiganga o‘xshaydi. (S. Ahmad) 306-mashq. Gaplarni o‘qing. Qaysi gapda -sa shaklidagi fe’l shart, qaysi gapda istak ma’nosini ifodalaganini aniqlang. 145 1. Bola yig‘lamasa, ona sut bermas. (Maqol) 2. Qani endi, dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. (A. Qahhor) 3. Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi kabi birlash- sa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihat-u obod bo‘lsa.. (P. Qodirov) 4. Mehnatingni ayamasang, suv bo‘lsa, o‘zing ham, moling ham to‘q. (S. Siyoyev) 5. Kishi bir kasbga yoshlikdan mehr qo‘ysa, oxiri baxayr bo‘ladi. 6. Nihol jildirab suv oqib turgan jo‘yakka ekilmasa, amal olmaydi. (A. Ko‘chimov) 7. Ko‘zi yoshli odamni ko‘zim aslo ko‘rmasa. (Shuhrat) 8. Agar suv olib kelinsa, ming yillardan beri chorva qiylari qatlam-qatlam bo‘lib ketgan bu joyda paxtadan eng baland hosil olsa bo‘ladi. (S. Ahmad) 9. Muzqaymoqdan tog‘ bo‘lsa, Nuqul gilos bog‘ bo‘lsa, Bir qozon qaymoq bo‘lsa, Tuyaday pishloq bo‘lsa… (G‘. G‘ulom) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling