Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 273-mashq.
Savollar:
1. O‘lchov so‘z nima? 2. O‘lchov so‘zning nimani hisoblashiga ko‘ra qanday turlari bor? 3. O‘lchov so‘z qanday hisoblashiga ko‘ra qanaqa turlarga bo‘linadi? 4. O‘lchov so‘zning qo‘llanish davriga ko‘ra qanday turlari bor? 272-mashq. Berilgan so‘zlarni “sanoq son + olchov so‘z + o‘lchanadigan (sana-ladigan) narsa nomi” qolipida o‘lchov so‘z ma’nosida qo‘llab birikma tuzing. Shu birikmalardan 4-5 tasi ishtirokida gap tuzing. Namuna: Etak – bir etak paxta. Nargiza yarim soatda bir etak paxta terdi. Etak, mashina, to‘rva, savat, tandir, qop, uy, javon, gala, do‘ppi, piyola, kosa, arava, quchoq, tuya, avtobus, daftar, varaq, tovoq, stakan, 127 qoshiq, ro‘mol, zal, sinf, qator, paykal, hovuz, chelak, bochka, chamadon. Qanday so‘zlar o‘lchov so‘z ma’nosida qo‘llana oladi? 273-mashq. O‘qing. Tartib sonlarni arab yoki rim raqami bilan ifodalab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda imlo qoidasiga muvofiq ko‘chiring. 1. Po‘lat quyuvchi Turgenevning kvartirasi zavodning orqasidagi ikki qavatli uyning birinchi qavatida edi. (I. Rahim) 2. Ming to‘qqiz yuz qirq beshinchi yilning butun yoz oylari temir yo‘l liniyalarida passajir poyezdlari jadvaldan tashqari harakat qila boshlagan edi. (S. Ahmad) 3. Tal’at o‘ninchi sinfni kumush medal bilan tamomladi. (O‘. Hoshi- mov) 4. Jaholatparastlar o‘n sakkizinchi asrda Parij atrofida qurilgan birinchi havo sharini majaqlab tashlaganlar. (Gazetadan) 5. Inobatxon institutning birinchi kursidayoq mening jigarimdan urib qolgan edi. (G‘ayratiy) 6. Bir ming to‘qqiz yuz to‘qson birinchi yil o‘ttiz birinchi avgust O‘zbekistonimiz uchun asrga tatigulik kun bo‘ldi. Shu kundan boshlab mardona “mustaqillik” so‘zi tilimizga ko‘chdi, ongimiz, tili- mizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi. (S.Barnoyev) 7. I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarining uchinchi bobi “Ma’- naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid” deb nomlangan. Unda hozirgi kunda yoshlar ma’naviyatiga tahdid solayotgan hodisalar va ularning oldini olish haqida so‘z boradi. 8. Bayzo sifat jihatidan Isfa- hon po‘latidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. (“O‘zME”dan) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling