Ona tili va bolalar adabiyoti


Savollar: 1. Sifatning otlashushi deganda nimani tushunasiz?  2. Otlashgan sifat otga xos qanday qo‘shimchalarni qabul qiladi?


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. Sifatning otlashushi deganda nimani tushunasiz? 
2. Otlashgan sifat otga xos qanday qo‘shimchalarni qabul qiladi?
 
265-mashq. Berilgan sifatlarning yasalish asosi va yasovchi qo‘shimchasini 
belgilang. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qanday ma’noli sifat yasayotgan-
ligini izohlang. 
Aqlli, chiroyli, aloqador, unumdor, beodob, besabr, basavlat, baquv-
vat, sershira, noto‘g‘ri, harakatchan, erinchoq, tortinchoq, kuyinchak, 
tirishqoq, chopag‘on, toparmon, shartaki, yig‘loqi, egik, so‘niq, qovur-
ma, qisqartma, qiziqarli, qoniqarli, chiyildoq, po‘rsildoq, ilmiy, shax-
siy, oilaviy, kuzgi, tonggi, kechki, qishloqi, bahori, o‘zbekcha, erkak-
cha, farg‘onacha, vatanparvar, darveshnamo, avliyonamo, kumush-
simon, odamsimon. 
Savollar:
1. Qanday sifat yasovchi qo‘shimchalarni bilasiz? 
2. Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysilar? 
3. Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
266-mashq. Berilgan qo‘shma sifatlarning yasalish qolipini tushuntiring.
Namuna: bodomqovoq – ot + ot qolipi asosida yasalgan. 


123 
Devsifat, xomkalla, dilozor, bodomqovoq, kaltafahm, yoqavayron, 
tepakal, hozirjavob, kulrang, osmono‘par, diltortar, yebto‘ymas, ocho-
fat, tezpishar, balandparvoz, qirqyamoq, yarimavtomat, bayramoldi, 
suvosti, qimmatbaho, gadoytopmas, ikkiyuzlamachi, kamgap, kamqon, 
otabezori, sohibjamol, cho‘rtkesar, oqbadan, ko‘kko‘z, sarvqomat
jigarrang. 
Savol va topshiriq: 
1. O‘zbek tlida qo‘shma sifat yasahning qanday qoliplari bor? 
2. Ot + ot, sifat + ot, ot + sifat qolipli sifatlarga 5 tadan misol keltiring. 
 
Son 
267-mashq. Gaplardan sonlarni aniqlab, ularning ma’nosi, o‘ziga xos qo‘-
shimchasi, qaysi so‘zga bog‘langani va gapda qanday bo‘lak vazifasini bajara-
yotganini izohlang. 
1. Ming daraxtning boshini bir bolta chopar. (Maqol) 2. Unaqa og‘ay-
ni mingta-dan bitta! (A. Qahhor) 3. Ko‘kish havo bilan chulg‘angan 
jilg‘a etagida bir qora paydo bo‘lgan edi. Bir zumda ikkov, uchov, 
to‘rtov, beshov bo‘lishdi. (P. Tursun) 4. O‘n olti ming qo‘y, ikki yarim 
ming yilqi hazilakam boylik emas. (P. Qodirov) 5. Og‘ir kulfatdan 
minglab odamlar boshpanasiz qoldi. (N. Safarov) 6. XI asrda yashab 
o‘tgan Nosir Xusravning ma’lumotlariga qaraganda, birgina Isfahonda 
200 tacha sarrof bo‘lgan. (Fan va turmush” jurnalidan) 7. Beshinchi 
kun deganda ariqcha baland-pastliklardan o‘tib, eski izga tushdi. (I. Ra-
him) 8. Hovlida besh-olti kishi g‘ivirlab yuribdi. (O‘. Umarbekov)
9. G‘ulomjon nima qilayotganini o‘zi ham bilmay, qo‘shni darchaga 
ikki hatlab yetib keldi. (M. Ismoiliy) 10. U bir gapirib, o‘n kular, gap 
orasida Dildordan gina ham qilib qo‘yardi. (S. Ahmad) 11. Uch yuz yi-
girma tonna portlatgich bir yarim kilometr masofadagi toshloqqa chu-
qur o‘rnatilgan. (S. Ahmad) 12. So‘nggi 20 yil mobaynida Orol dengizi 
sathi 8 marta pasayib, suv hajmi 393 kub kilometrga kamaydi. (Fan va 
turmush” jurnalidan) 
 


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling