Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Kuchaytirma va ozaytirma


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

262-mashq. Kuchaytirma va ozaytirma sifatlarni aniqlab, ularni ikki ustunga 
ajratib ko‘chiring. Bunday sifat shakllarini yasagan vositalar tagiga chizing. 


121 
1. Temir qip-qizil bo‘lgach, omburda qisib oladi-da, kundaga qo‘-
yadi. (S. Siyoyev) 2. Egnidagi to‘q qizil ko‘ylagi, uning ustidan kiyib 
olgan qora jiletkasi o‘ziga xo‘p yarashgan. (A. Qahhor) 3. Uning pomi-
dordek och qizil bag‘baqasi qilqillab turar, ko‘zlari kulgidan yumilib 
ketgan edi. (N. Aminov) 4. Tog‘dan erib tushgan qor va irmoqlardan 
kattagina anhor hosil bo‘lgan. (Shuhrat) 5. Pastda juda katta loyqa ko‘l 
to‘lqinlanib yotar.. edi. (A. Muxtor) 6. Mo‘ylovi maysa bo‘lib qolgan 
kap-katta yigitning "r"ni ayta olmasligi Elmurodga g‘alati tuyuldi.
(P. Tursun) 7. Ishkomda qop-qora daroyi uzumlar osilib turibdi.
(A. Ko‘chimov) 8. La’lining katta tim qora ko‘zlari yigitni sehrlab 
qo‘ydi. (D. Nuriy) 9. Yodgor yonoq suyaklari turtib chiqqan, kichkina, 
dum-dumaloq qorachiqli ko‘zlari o‘ynab turadigan bu yigitni yaxshi 
tanir edi. (O‘. Hoshimov) 10. Ko‘p o‘tmay qoramtir bulutlar ko‘k 
yuzida dag‘dag‘a qila boshladi. (Mirmuhsin) 11. Bitta-yu bitta sham 
yoqilgan yuz kishilik ulkan saroparda bo‘m-bo‘sh va nimqorong‘i edi. 
(O. Yoqubov)12. Muqimiy oriqroq, kamgo‘sht.. biroz kamgaproq odam 
edi.. (T. Obidov) 13. Komila o‘rtog‘ining oq-sariq, uzunchoqroq nozik 
yuziga, biroz bo‘rtma qovoqlariga tikildi. (Oybek) 14. Hamma yul-
duzlar va ularning to‘plamlari birlikda yulduzlarning g‘oyat katta – 
gigant sistemasini tashkil etadi, bu sistema Galaktika deb ataladi. («Ast-
ronomiya» darsligidan) 


Savollar: 
1. Sifatning kuchaytirma va ozaytirma shakli deganda nimani tushunasiz? 
2. Sifatning kuchaytirma shakli qanday vositalar bilan yasaladi? 
3. Sifatning ozaytirma shakli qanday vositalar bilan yasaladi? 
263-mashq. Berilgan sifatlardan oldin och, to‘q, jiqqa, lang, tim kabi belgini 
kuchaytiruvchi yoki kuchsizlantiruvchi so‘zlarni qo‘yib yozing va hosil bo‘lgan 
kuchaytirma va ozaytirma shakllar ishtirokida 3-4 ta gap tuzing. 
Qizil, sariq, ochiq, ho‘l, qora, yashil, ko‘k. 
264-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Otlashgan sifatlarni topib, tagiga chizing. 
Ularning otlik belgilari va gapdagi vazifasini aniqlang. 
1. O‘tloqda bedana ko‘p, dangasada – bahona. (Maqol) 2. Bosh 
yorilsa, bo‘rk ichida, deydilar, – bo‘lar-bo‘lmasga kattalarni ishdan 
qo‘yib g‘irillayverish xunuk narsa. (S. Ahmad) 4. Begim, bu ne hol? 


122 
Nechun mardona kiyim kiyibsiz? – Nomardlar ko‘payib ketgani uchun 
mardona kiyindim. (P. Qodirov) 5. Va’daga vafo – mardning ishi, 
va’dasiz – subutsiz kishi. (Maqol) 6. Mard kishidan o‘lim ham qo‘rqadi. 
(I. Rahim) 7. Bugun havaskorlarimiz televizorda chiqadi. Ularni ko‘r-
mabsan, dunyoga kelmabsan.. (Sh. Sa`dulla) 6. Keksalarning ayti-
shicha, bunday paytlarda biron-bir tepalikning ustiga chiqib, jimgina 
quloq solib yotsangiz, yerning nafasini eshitarmishsiz. (O‘ Hoshimov)
6. Bekor bo‘ldi iqtidorim, bekor bo‘ldi yuragim,
Bekor bo‘ldi she’riyatim u go‘zalning qoshida. (A. Oripov) 
7. Oshxona derazasi yonida turib, somsa yasayotgan uyg‘ur yigit 
ham go‘zal qizdan nigohini uzmasdi. (Mirmuhsin) 8. Ming jild kitob 
o‘qib, bir johilga gap topib berolmasam, mana bu kallani nimaga 
ko‘tarib yuribman? (S. Siyoyev)
 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling