Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
258-mashq. Berilgan gap juftliklarida ajratib ko‘rsatilgan sifatlarning qaysi 
so‘zga bog‘lanayotganini aniqlang. Bu sifatlar qaysi gapda tog‘ri, qaysi gapda 
noto‘g‘ri ishlatilganini ayting.
1. Dalalarni qalin qor qoplagan. Dalalarni quyuq qor qoplagan.
2. Ertalab qalin tuman tushdi. Ertalab quyuq tuman tushdi. 3. Oshpaz 
jazirama yog‘ga go‘shtni soldi. Yozning jazirama kunlari boshlandi. 
4. Navro‘z kuni yurtimizda katta bayram bo‘ladi. Navro‘z kuni yurti-
mizda yirik bayram bo‘ladi. 5. Televizordan xushchaqchaq qo‘shiq 
yangradi. Televizordan quvnoq qo‘shiq yangradi. 6. Kombinatda 
sun’iy tola ishlab chiqarilyapti. Kombinatda soxta tola ishlab chiqa-
rilyapti. 7. Hoshimjon sirli qalpoqcha yordamida jinoyatchilarni fosh 
qildi. Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida jinoratchilarni fosh qildi.
259-mashq. Berilgan gaplardagi sifatlarni topib, quyidagi ma’no guruhlariga 
ajratib yozing: 1) xususiyat bildiruvchi sifat, 2) holat bildiruvchi sifat , 3) rang-
tus bildiruvchi sifat, 4) shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifat, 5) hajm-o‘lchov 
bildiruvchi sifat 6) maza-ta’m bildiruvchi sifat, 7) hid bildiruvchi sifat, 8) o‘rin va 
payt bilan bog‘liq belgini bildiruvchi sifat. 
1. Bunday tuyg‘un, bunday ziyrak, bunday boadab qiz etti iqlimda 
ham topil-maydi. (Oybek) 2. Dunyodagi eng maroqli sayr bolalik yillari 


119 
o‘tgan ko‘chalar bo‘ylab sayr etish bo‘lsa kerak. (S. Siyoyev) 3. Hozir-
gina don ortib o‘tgan mashina orqasidan ko‘tarilgan chang havoda mu-
allaq turib qoldi. (S. Ahmad) 4. Endi uning osuda turmushini hech kim 
loyqata olmaydi. (S. Anorboyev) 5. Boyoqish ko‘p yaxshi odam edi
insofli, hamiyatli edi. (Oybek) 6. Eson bobo paykalni oralab, dumaloq, 
sariq, qoramtir xoli bor qovunni ko‘tarib chiqdi. (S. Yunusov) 7. Bahor 
keldi. Maktab sahnidagi o‘riklarni oq, pushti gullar bezadi. (P. Tursun) 
8. Bu vaqt ular Horaqarg‘a degan dovondan oshib, ko‘z ilg‘amas, keng, 
tekis yaylovga chiqdilar. (A. Muxtor) 9. Domla kuni bo‘yi yelib-yugurib 
holdan toyganiga qaramay, ikkita og‘ir chamadonni mashinaga o‘zi 
olib chiqdi va bagajnikka o‘z qo‘li bilan joylashtirdi. (A. Qahhor)
10. Butun olam xushbo‘y, muattar gullarga burkanib olganday. (O. Yo-
qubov) 11. Xorazm qovunlari juda shirin bo‘ladi: ko‘k novvoti, gurvak, 
shirinpechak.. (J. Sharipov) 12. Razzoq buqachining iti yovvoyi jiydaga 
oyog‘idan bog‘liq turardi. (S. Ahmad) 13. Avaz yarim soatcha dam 
tortib o‘tirdi-yu, bu tor, nimqorong‘i ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. 
(S. Siyoyev) 14. Qora, kulrang, tillarang qo‘zichoqlar biram ko‘rkliki, 
ko‘rib ko‘zim to‘ymaydi. (M. Nazarov) 15. Ayyor boy qish va iliguzildi 
– bahor kezlarda o‘n bordon g‘allani dehqonlarga bo‘lib berib, kuzda 
yana yigirma bordon qilib yig‘ib olar edi. (Y. Shukurov) 16. Azim 
tollarning egri shoxlaridagi shokila-shokila popuklar yo‘lovchilarni 
salqinga chaqira boshladi. (H. G‘ulom)17. Poyezd bepoyon sahrodan 
borar edi, ertasiga ertalab biror soatga yaqin to‘xtab qoldi. (A. Qahhor)  
18. Past, baland va qiyshiq uylar ora-sida reja bilan solingan chiroyli oq 
imoratlar uchrar edi. (A. Qahhor) 19. Nahotki u shundoq dangasa bo‘lib 
qoldi? Kitob o‘qishga qunti yo‘q. (Mirmuhsin) 20. U ko‘tarinki kay-
fiyatda edi, kechagi, bugungi ish mahsulidan xursand. (M. Xayrullayev) 
21. Komiljon ana shu bog‘ni tiklashga kirishgan, anchagina joyga kuzgi 
ko‘chatlar o‘tqazdirgan edi. (S. Zunnunova) 22. Mahkam yelpig‘ichga 
o‘xshatib qo‘yilgan biletlardan chetkisini tortdi. (P. Qodirov) 23. Ba-
horgi harakat – kuzgi barakat. (Maqol) 23. Keksa temirchi chuchuk turp 
bilan osh yeyishni sevardi. (Sh. Rashidov) 
Sifatning ma’no turlariga 3-4 tadan misol ayting. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling